Yangiliklar
Seminar-treninglar: dolzarb vazifalar ijrosi 2021-06-10

Mamlakatimizda bu yilgi Prezident saylovi ilk bor Saylov kodeksi va umum e’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga rioya etilgan holda  o‘tkaziladi. 

Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Olivye Shav bilan uchrashuv 2021-06-08

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev bilan Shveysariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olivye Shavning uchrashuvchi bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treninglar qiziqarli o‘tmoqda 2021-06-08

Avval xabar berilganidek, 7 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi 2021-06-07

Joriy yil 7-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.

SAYLOV QONUNCHILIGI VA AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH DEMOKRATIYANING MUHIM SHARTI 2021-06-03

Istiqlol yillarida mamlakatimizda o‘z mohiyatiga ko‘ra noyob, turli darajadagi saylovlar xususiyati inobatga olingan saylov to‘g‘risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi. Saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlari aksariyat rivojlangan demokratik davlatlarda bo‘lgani singari saylovlardan saylovlargacha bo‘lgan davrlarda tobora takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda.

PREZIDENT SAYLOVIGA TAYYORGARLIK: KENG QAMROV VA QAT’IY IZCHILLIK 2021-06-02

Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu barcha darajadagi saylov komissiyalarining zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

MILLIY SAYLOV QONUNCHILIGI VA AMALIYOTI: XALQARO SAYLOV STANDARTLARI ASOSIDA 2021-06-02

Yangi O‘zbekiston keng ko‘lamli va dadil islohotlarni davom ettirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni faollashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, ilm-fanni rivojlantirishga qaratayotgan yuksak e’tibori bilan jahonga o‘zini tobora keng namoyon qilmoqda.

Saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirish: navbat keyingi bosqichga 2021-05-28

Ma’lumki, saylov jarayoni ko‘p bosqichli tashkiliy tayyorgarlikni talab qiladi. Saylovlarni qonuniylik, adolatlilik, xolislik prinsiplari asosida tashkil etish va o‘tkazishda saylov komissiyalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimida ishlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi 2021-05-28

Avval xabar berilganidek, Markaziy saylov komissiyasi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda saylovchilarning yashash joyi bo‘yicha xatlovni amalga oshirish uchun o‘n to‘rt ma’muriy hudud va barcha tuman (shahar)da shtablar tashkil etildi.

O‘ZBEKISTON – GERMANIYA: SAYLOVLAR SOHASIDAGI HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA  2021-05-28

Germaniya Federal Respublikasining saylovlar bo‘yicha federal vakili ofisi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi o‘rtasida videomuloqot o‘tkazildi.

SEMINAR-TRENINGLAR: QAT’IY IZCHILLIK VA KENG QAMROV 2021-05-26

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 may kuni boshlangan saylov komissiyalari a’zolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarining malaka va ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar Buxoro viloyatida ham izchil davom etmoqda.

Seminar-treninglar davom etmoqda 2021-05-25

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 may kuni boshlangan saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar izchil davom etmoqda.

Prezident saylovi: har bir saylovchi – diqqat-e’tiborda 2021-05-25

25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Karlar jamiyati va O‘zbekiston Nogironlar assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzolashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treninglar: nazariya va amaliyot birligi 2021-05-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 maydan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilimi va amaliy ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari bilan uchrashuv 2021-05-24

2021 yilni oktyabr oyida mamlakatimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan joriy yilning 24 may kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakillari delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifiga doir 2021-05-22

2021 yilning oktyabr oyida yurtimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan joriy yilning 24-28 may kunlari YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Jizzaxda hududiy seminar-trening tinglovchilari huzurida so‘zga chiqdi 2021-05-21

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy  saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxodjayev Toshkent va Sirdayo  viloyatlarida bo‘lib, saylov komissiyalari a’zolarining malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilgan seminar-treninglardagi mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishdi.

Seminar-trening tinglovchilari huzurida 2021-05-20

Mamlakatimizning barcha hududlari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda. 17 may kuni hududlarda boshlangan mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida olib borilmoqda.

Hududiy trenerlar o‘quvi 2021-05-20

Samarqand shahrida saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Prezident saylovi: to‘g‘ri ma’lumotni soxta axborotdan qanday ajratish mumkin? 2021-05-19

Saylovlar davrida ommaviy axborot vositalarining faolligi, haqqoniyligi va xolisligi saylovlarni umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida ochiq-oshkora o‘tkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi.