Yangiliklar
Markaziy saylov komissiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati saylovlarda hamkorlik qiladi 2019-10-19

2019-yilning 19-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati o'rtasida Kelishuv bitimi imzolandi. Kelishuvga ko'ra, taraflar 2019 yil 22-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga bo'lib o'tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida o'zaro hamkorlik qiladi.

Farg'ona viloyatida bo'lib o'tgan Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining 49 - qo'shma sessiyasiga oid 2019-10-19

Shu yilning 18-oktabr kuni Farg'ona viloyat hokimligida Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarining 49 - qo'shma sessiyasi bo'lib o'tdi.

Respublika boʻylab sud xodimlari uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda 2019-10-18

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Buxoro va Navoiy viloyati sudya va sud xodimlari ishtirokida saylov qonunchiligi va saylov huquqi buzilishi boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi. Videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan tadbirda Tomdi, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahar sudyalari ham ishtirok etdilar.

Mirobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari ishtirokida seminar-mashgʻulot oʻtkazildi 2019-10-18

Toshkentda shahar Kengashiga 60 ta, tuman Kengashlariga 327 ta saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlangan. Bugungi kunda okrug saylov komissiyalari oʻzlari uchun ajratilgan binolarda faoliyatini boshladi.

Saylovlar xalqaro hamjamiyat nigohida boʻladi 2019-10-18

Namanganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida saylovlarda xalqaro tashkilotlar va xalqaro kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

Saylovlarda OAVning oʻrni va roli 2019-10-18

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi Surxondaryo viloyati hududiy boʻlimida xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyasi aʼzolari, jurnalistlar va koʻngilli tarjimon talaba-yoshlar uchun saylov qonunchiligiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Saylovlar demokratik tamoyillar asosida oʻtadi 2019-10-18

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazining Fargʻona viloyati hududiy boʻlimida oʻtkazilgan matbuot anjumani joriy yilgi saylovga tayyorgarlik ishlariga bagʻishlandi.

Yashnobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari bilan seminar mashgʻuloti oʻtkazildi 2019-10-17

2019-yil 17-oktyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi shahar saylov komissiyasining Yashnobod tumanida okrug saylov komissiya aʼzolari bilan seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov oʻtkazuvchi 65 ta okrug va okruglik saylov komissiyalari tashkil etildi 2019-10-17

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Xalqaro matbuot markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ye.Djumanazarov rahbarligida mahalliy ommaviy axborot vositalari va barcha partiyalar vakillari ishtirokida brifing tashkil etildi.

Saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari: tuzish tartibi va vakolatlari 2019-10-17

Har bir oʻtayotgan kun bizni joriy yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun boʻlib oʻtadigan saylovlarga yaqinlashtirmoqda.

Okrug saylov komissiyalari ish boshladi 2019-10-16

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov oʻtkazuvchi Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 74-Yangiyer okrug saylov komissiyasi oʻz ishini boshladi.

Saylov komissiyalari muhim siyosiy jarayonga qanday hozirlik koʻrmoqda? 2019-10-16

Termiz shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga joriy yilning 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovga viloyat, tuman, shahar va okrug saylov komissiyalari tomonidan koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Ekspert guruhlarining imzo varaqalarini tekshirish yakunlari boʻyicha axboroti 2019-10-15

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ekspert guruhlarining siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarini tekshirish yakunlari boʻyicha axboroti

Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini tasdiqlandi 2019-10-15

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini tasdiqlash toʻgʻrisida

Siyosiy partiyalarga saylovlarda qatnashishiga ijozat berildi 2019-10-15

2019-yil 15-oktyabr kuni soat 11.00 da Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi videoselektor tarzida boʻlib oʻtdi.

Qarshida YXHTning ekspertlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi 2019-10-12

Qarshida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ishtirokida vazirliklar, idoralar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakolatli shaxslari uchun xalqaro tashkilotlar va kuzatuvchilar bilan oʻzaro hamkorlik masalalariga bagʻishlangan seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Saylovlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirok etadi 2019-10-12

Joriy yilning 12-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar faoliyati masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Unda MSK aʼzolari, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Saylov qonunchiligi targʻiboti oyligida qanday tadbirlar oʻtkaziladi? 2019-10-11

Saylovlar – demokratiya koʻzgusi. Bu muhim siyosiy tadbir – har bir fuqaro oʻzining siyosiy huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat. Mazkur siyosiy huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov Kodeksida oʻzi ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi qabul qilingan yangi Saylov kodeksining 1-moddasi fuqarolarning xohish-irodasi erkin bildirilishini taʼminlovchi kafolatlarni belgilaydi.

Ekspertlar guruhi imzo varaqalarini tekshirishda davom etmoqda 2019-10-11

Ekspertlar guruhi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirishda davom etmoqda.

MSKning doimiy asosda ishlovchi aʼzosi Suyarjon QURBONQULOV bilan suhbat 2019-10-11

Shu yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlari boʻlib oʻtadi. Ayni kunlarda saylov kampaniyasi qizgʻin pallaga kirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi, taniqli jurnalist Suyarjon QURBONQULOV bilan suhbatimiz MSK tomonidan saylovlarni yuqori tashkiliy saviyada, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida boʻldi.