Yangiliklar
Xalqaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi 2021-01-29

29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov Xalqaro saylov tizimlari fondining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha boshqaruv dasturlari bosh menejeri Entoni Boyer bilan onlayn muzokaralar olib bordi.

Maxmud Shuxratovich Istamov Buxoro viloyatining prokurori etib tayinlandi 2021-01-20

Markaziy Saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Maxmud Shuxratovich Istamov Buxoro viloyatining prokurori etib tayinlandi.

Ulug‘vor vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi 2021-01-15

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida belgilab berilgan ulug‘vor vazifalarni chuqur o‘rganishga va hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan tadbirlar davom etayotir.

O‘zaro hamkorlik va birdamlikning samarali natijalari 2020-12-14

Joriy yilning 14 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekistonda saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi boshqaruv qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti lavozimiga 18 nafar nomzod ro‘yxatga olindi 2020-12-14

2020 yil 12 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiyasi mamlakat prezidenti lavozimiga quyidagi 18 nafar nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazdi: 

Yurak faoliyatidagi o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi belgilar 2020-12-12

Agar sizda o‘ta semizlik, kamharakatlilik, tanovul vaqti ko‘p tuz iste’mol qilish holatlari kuzatilsa, bu  yurak faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni kelib chiqarishi mumkin.

COVID-19 pandemiyasi tarqalishi jadallashayotgan Indoneziyada mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi 2020-12-11

2020 yilning 9 dekabrida Indoneziyada mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovchilar bir vaqtning o‘zida mamlakat bo‘ylab 9 nafar gubernator, 224 tuman va 37 shahar hokimini sayladilar. Saylovchilar ro‘yxatiga 100 milliondan ortiq kishi kiritilib, jami 300 000 ga yaqin saylov uchastkasi tashkil etildi.

Saylov kodeksiga sharh yozish chora-tadbirlari boshlandi 2020-12-11

Xabaringiz bor, 2019 yilda saylovga oid mavjud beshta qonun va o‘nlab qonunosti hujjatlarini o‘zida jamlagan yaxlit va yagona Saylov kodeksining qabul qilinishi saylov amaliyotini yanada yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun muhim huquqiy zamin yaratdi.

Islohotlarni baholash bo‘yicha II Xalqaro reytinglar forumi 2020-12-11

Joriy yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida “O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni baholash” mavzusidagi II Xalqaro reytinglar forumi tashkil etildi.

KONSTITUSIYa BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 2020-12-07

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan Sizlarni muborak ayyom – O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Qozog‘istonda Parlament Majlisiga saylovlar 2021 yilning 10-11 yanvarida bo‘lib o‘tadi 2020-12-07

2021 yil 10 yanvar kuni proporsional saylov tizimi orqali siyosiy partiyalar taqdim etgan ro‘yxat bo‘yicha saylanuvchi Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputatlarining navbatdagi saylovlari bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston Xalq Assambleyasi tomonidan saylanadigan Parlament deputatlarining navbatdagi saylovlari 11 yanvar kuni o‘tkazish belgilangan.

Ruminiya: parlament saylovlarining dastlabki natijalari 2020-12-07

Joriy yilning 6 dekabr kuni Ruminiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritilgan 18 million fuqaro 136 senator va 329 nafar deputatni sayladi.

Reuters nashrining xabar berishicha koronavirusning ayrim asoratlari fanga ma’lum bo‘lmoqda 2020-12-05

COVID-19 bilan kasallangan har beshta bemordan bittasida ruhiy xastalik holatlari aniqlanmoqda

Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari 2020-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Xalmuxammed Aitjanovich  Paluaniyazov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Avazbek Azimovich Kodirov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i  etib tayinlandi.

Qirg‘izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi 2020-12-04

2021 yil 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra,  nomzodlar saylovoldi tashviqotini 15 dekabrdan boshlashlari mumkin bo‘ladi.

KONSTITUSIYA BERGAN IMKONIYAT: BUYUK YUKSALISH 2020-12-02

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lami keng, shiddati baland, natijadorligi yuksak demokratik o‘zgarishlarni ko‘rib, bularning barchasi xalqimiz manfaatlarini izchillik bilan ta’minlash, Vatanimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish yo‘lida uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona siyosatning hayotdagi samaralari ekaniga har qanday kishi amin bo‘ladi.

Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Ixtiyor Baxtiyorovich Xadjiyev Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.  

Devonxona bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Shahnoza Yulchiboyevna Shokirova Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Devonxona bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Farhod Anvarovich Nasriddinov Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori etib tayinlandi.