Yangiliklar
Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Jamolitdin Yavmitdinovich Faxrutdinov Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati tashkiliy-nazorat bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Hasan Odilovich Abdurahmonov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining rahbari etib tayinlandi. 

Faoliyatga tahliliy nazar 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov boshchiligidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 

Andijonda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda 2020-11-29

Bugun 29 noyabr kuni Andijon viloyatidagi Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining 3-Askar hamda Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining 17-Markaz saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shu kuning o‘zida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 16-okrugi 114-saylov uchaskasida ham bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda 2020-11-29

Shu kuning o‘zida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 16-okrugi 114-saylov uchaskasida ham  bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda 2020-11-29

O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.

Saylovlarda zamonaviy elektron tizimlardan samarali foydalanishga doir xalqaro yondashuv 2020-11-27

Ma’lumki saylovlarda zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash  saylovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bilan birgalikda, saylov komissiyalari ishini ham osonlashtiradi. Bu borada Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYAER) va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini (SJBAT) yanada takomillashtirish  orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarini elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishini taqozo etadi.

Bugun 22-noyabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida mahalliy Kengashning bo‘shab qolgan o‘riniga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tmoqda.  2020-11-22

Bugun 22-noyabr kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida mahalliy Kengashning bo‘shab qolgan o‘riniga deputatlar saylovi bo‘lib o‘tmoqda. 

To‘g‘ri ovqatlanish uzoq umr ko‘rishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi 2020-11-21

To‘g‘ri, ilmiy asoslangan ovqatlanish mustahkam sog‘liq, yuqori ishchanlik va uzoq umr ko‘rishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

DAVLAT TILIGA OID QONUN IJROSIGA BAGʻISHLANDI 2020-11-18

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida  “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan monitoring  natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bihar shtatining Qonunchilik Majlisiga bo‘lib o‘tgan saylovlar onlayn rejimda kuzatildi 2020-11-17

Joriy yilning 28 oktyabrdan 7 noyabrga qadar Bihar shtatining Qonunchilik Majlisi uchun 3 bosqichli umumiy saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Online ovoz berish: tajriba va kelajak 2020-11-16

Shu yil 11 noyabr kuni Parlament tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan “Onlayn ovoz berish: tajriba va kelajak” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

Moldovada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ayol nomzod peshqadamlik qilmoqda 2020-11-16

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakat prezidenti lavozimi uchun sakkiz nafar nomzod “Bizning partiyamiz”siyosiy partiyasidan Renato Usaty, “DA Platformasi” partiyasidan Andrey Nestase, Liberal-demokratik partiyasidan Tudor Deliu, Mustaqil nomzod (amaldagi prezident) Igor Dodon, “Shor” partiyasidan Violetta Ivanova, “Harakat va birdamlik” partiyasi (PAS)dan Mayya Sandu, “Milliy birlik” partiyasidan Oktavian Sku va  “UNIREA” saylov blokidan Dorin Kirtoakelar kurash olib bordilar.

Markaziy saylov komissiyasi xodimlari har xafta futbol va sog‘lomlashtirish mashg‘ultlarida ishtirok etmoqda 2020-11-14

Davlat idoralarida faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarni ishdan tashqari vaqtda  xavaskor futbol o‘yinlariga jalb etish albatta har bir xodimni quvontiradi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xafta davomida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar  o‘z navbatida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,  turli kasb kasalliklaridan  muxofaza qilish va sportning jismoniy tarbiya hamda ommaviy turlariga qiziqishini  kuchaytirishga zamin yaratadi.

Qashqadaryo viloyatida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkaziladi 2020-11-14

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori talablaridan kelib chiqib, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2020 yil 27 oktyabrdagi 70-15/16-sonli qaroriga asosan 2020 yil 29 noyabr kuni 20-Dasht saylov okrugida hamda xalq deputatlari  Qarshi shahri, Dehqonobod, Qamashi va Mirishkor tumanlari Kengashlarining qarorlariga asosan 2020 yil  15 noyabr kuni 28-Dilkusho, 28-Oqqishloq, 9-Gulshan va 14-Ayzobod okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlarga saylovlarni o‘tkazish belgilandi.

Munozara va muhokama: milliy saylov qonunchiligini takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari 2020-11-12

Joriy yilning 12 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda 2019 yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini onlayn muhokama qilish hamda milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda 2020-11-06

Siyosiy partiyalarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Saylov byulletenlari o‘zgarishi mumkin 2020-11-05

Saylov byulletenining shakli, o‘lchamlari va matnida aks ettiriladigan ma’lumotlarning hajmi va tartibi O‘zR MSK qarori bilan belgilandi. Byudjet mablag‘larini tejash maqsadida saylov byulletenlarini chop etishda ilk bor suv belgisi mavjud qog‘ozlardan foydalanishdan voz kechildi.

Siyosiy partiyalarning saylovlarda tashqi reklama va elektron monitorlardan bepul foydalanish tartibi bekor bo‘lishi mumkin 2020-11-05

2019 yilgi saylovlarda OAVda, Internet sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar va ularning nomzodlariga oid jami 141 952 ta tashviqot materiallari e’lon qilindi.

Ko‘zi ojiz saylovchilar uchun yashirin ovoz berish kabinalarida audio qurilma o‘rnatish taklif etilmoqda 2020-11-05

2019 yilnin dekabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida saylovchilar ro‘yxatiga jami 630 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxs, shu jumladan, 61 mingga yaqini ko‘zi ojiz fuqaro kiritildi. Shu nuqtai nazardan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda qatnashish huquqini ro‘yobga chiqaradigan inklyuziv saylovlarni o‘tkazish masalasi dolzarb vazifaga aylandi.