Saylov okruglari bo‘yicha saylovchilar soni

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 23- moddasi va 28-moddalariga asosan har bir uchastka saylov komissiyalari o‘z xududlarida aholini uyma-uy aylanib chiqish natijalari bo‘yicha 150ta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okruglarning saylovchilarning o‘rtacha soni aniqlik kiritildi.

Saylov kuniga qadar mamlakatimizda ovoz berish huquqiga ega saylovchilarning umumiy soni taxminan yigirma million besh yuz ming nafar atrofida bo‘lishidan kelib chiqib, har bir saylov okrugidagi o‘rtacha saylovchilar soni 136 ming 636 nafarni tashkil etmoqda. Respublikamiz hududlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, quyidagicha raqamlarni ko‘rish mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Nukus, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Amudaryo, Xo‘jayli, Chimboy, Orol, Aqmang‘it saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 124 ming 415 nafar;

Andijon viloyatida 14 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Andijon, Oltinko‘l, Bo‘z, Shahrixon, Asaka, Marhamat, Xo‘jaobod, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Izboskan, Xortum, Chinobod, Istiqlol, Jalaquduq saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 121 ming 443 nafar;

Buxoro viloyatida 9 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Buxoro, Kogon, Shoxrud, Ibn Sino, Varaxsho, Paykent, Jilvon, Gʻijduvon, Vobkent saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 118 ming 923 nafar; 

Jizzax viloyatida 6 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Jizzax, Do‘stlik, Zomin, Gʻallaorol, Paxtakor, Sharof Rashidov saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 125 ming 634 nafar;

Navoiy viloyatida 5 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Navoiy, Qiziltepa, Zarafshon, Xatirchi, Nurota saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 119 ming 853 nafar;

Namangan viloyatida 13 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Do‘stlik, Sardoba, Toshbuloq, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Norin, Mingbuloq saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 121 ming 657 nafar;

Samarqand viloyatida 16 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Registon, So‘g‘diyona, Oqdaryo, Bulung‘ur, Payariq, Qo‘shrabot, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Ziyovuddin, Nurobod, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq, Urgut, Qoratepa saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 127 ming 960 nafar;

Sirdaryo viloyatida 4 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Guliston, Sayxun, Yangiyer, Boyovut saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 116 ming 892 nafar;

Surxondaryo viloyatida 11 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Sherobod, Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov, Sariosiyo, Uzun saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 127 ming 806 nafar;

Toshkent viloyatida 13 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Angren, Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Olmaliq, Parkent, Nurafshon, Chinoz, Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Do‘stobod saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 134 ming 506 nafar;

Farg‘ona viloyatida eng ko‘p 17 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Beshariq, Dang‘ara, Yaypan, Qo‘qon, Uchko‘prik, Buvayda, Bag‘dod, Rishton, Oltiariq, Qo‘shtepa, Marg‘ilon, Farg‘ona, Vodil, Toshloq, Quva, Quvasoy, Navbahor saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 127 ming 719 nafar;

Xorazm viloyatida 8 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Urganch, Bog‘ot, Gurlan, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Qo‘shko‘pir saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 131 ming 573 nafar;

Qashqadaryo viloyatida 14 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Qarshi, Beshkent, Qamashi, Nishon, Koson, Kasbi, Kitob, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog‘, Gʻuzor, Dehqonobod, Muborak, Ko‘kdala saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 128 ming 499 nafar;

Toshkent shahrida 12 ta saylov okrugi tuzilishi belgilangan. Oqtepa, Darxon, Temiryo‘lchilar, Qoraqamish, Sanoat, Do‘mbirobod, Bodomzor, Astrobod, To‘qimachi, Ko‘kcha, Qo‘yliq, Shayxontohur saylov okruglari. Har bir saylov okrugi hududidagi saylovchilarning o‘rtacha soni 258 ming 406 nafarni tashkil etmoqda.

*Ushbu ma’lumotlar saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati ma’lumotlariga asosida to‘plangan.

21.12.2019 117