Pyer Kabare: Saylovlarning ochiq, demokratik islohotlar ruhida o‘tkazilayotgani tufayli xalqingiz parlamentga yanada yaqin bo‘ladi

Mamlakatimizda o‘tadigan parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi vise-prezidenti, Fransiya Milliy Majlisi deputati Pyer Kabare O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

– O‘zbekistonga ikkinchi bor, saylov jarayonlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida esa birinchi bor kelishim. Fransiya parlamenti a’zosi sifatida O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatib boraman. Shu bois aytishim mumkinki, bu galgi saylovlar oldingilaridan farq qiladi.

Muhim siyosiy voqelikka katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Saylovning ochiq, demokratik tamoyillarga mos tarzda o‘tishi uchun zarur choralar ko‘rilgan. Bu kabi islohotlar natijasida davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabat yanada yaqin hamda mustahkamlanib boraveradi. Yangilanayotgan O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosat sabab jahonga yuz tutmoqda.

Saylov jarayonini kuzatish uchun Samarqand viloyatida bo‘lib, saylov uchastkalarida bo‘lamiz. Aholi bilan suhbatlashib, ularning siyosiy saylovlarga oid qiziqishlarini o‘rganish istagidamiz.

A.MUSAYeV, O‘zA

21.12.2019 99