Hindistonlik ekspert: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar saylovchilarning kayfiyatida o‘zgacha sezilmoqda

20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasining bugungi kun ichki va tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun AQSH, Yevropa, Osiyo mintaqasi va MDHga a’zo 20 dan ziyod davlatdan kelgan 100 nafardan ortiq tahliliy tuzilmalar, ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillari ishtirok etdi. 

Hindiston xalqaro munosabatlar kengashi yetakchi ilmiy xodimi A.Zafarning ta’kidlashicha, bugun O‘zbekiston siyosiy tizimini demokratlashtirish jarayonlaridagi salmoqli o‘zgarishlar va amaliy natijalar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Qisqa fursatda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qator yirik islohotlar amalga oshirildi. Bu ayniqsa O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgan va siyosiy jarayonlarning kun tartibini belgilashda faol ishtirok etayotgan saylovchilarning kayfiyatida o‘zgacha sezilmoqda.

21.12.2019 167