Qirg‘izistonda deputatlik saylovlari uchun jami 2 ming 474 ta saylov uchastkasi tashkil etildi

Bu yil Qirg‘iziston Respublikasida VI chaqiriq Jo‘qorg‘i Kengesining vakolat muddati tugaydi. Qirg‘iziston saylov qonunchiligiga muvofiq qonun chiqaruvchi palataga bo‘lib o‘tadigan saylovlar kuni 2020 yilning 4 oktyabr sanasi etib belgilangan.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda komissiya raisi Nurjan Shayldabekova deputatlik saylovlari uchun jami bo‘lib 2 ming 474 ta saylov uchastkasi tashkil etilganini qayd etib o‘tdi. U o‘z so‘zida MSK qo‘shimcha ravishda 11 ta jumladan, O‘shda 10 ta, Moskva shahrida esa bitta saylov uchastkasini ochganini ma’lum qildi.

MSK raisi shuningdek, 2020 yilgi parlament saylovlarida ovoz beruvchilar soni 2015 yilga nisbatan 27,6 foizga oshganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 3 million 523 ming 532 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. 2015 yilga nisbatan saylovchilar soni 762 ming 235 nafarga ko‘payib,  27,6 foizni tashkil etgan.  

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida 200 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etadi. Jumladan, O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari ham saylovlarni bevosita kuzatib boradi.

MSK Matbuot xizmati

29.09.2020 70