Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘llamoqda

Xalqaro kongress markazida 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

Unda davlatimiz rahbari so‘zga chiqib, yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi. Tabrikda millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar qilib tarbiyalayotgan zahmatkash va oliyjanob ustozlarimizga chin dildan minnatdorlik bildirildi. Jamiyatimizda ustozlarga bo‘lgan hurmat, ularning obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish borasidagi ishlarning pirovard maqsadi, yurtimizda ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalarini rivojlantirish, taraqqiyotimiz uchun zarur intellektual avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

Tantanali tadbir videoaloqa shaklida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublikamizning barcha hududlaridan o‘qituvchi va murabbiylar, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqdalar.

30.09.2020 82