O‘zbekistonda yashab turgan Qirg‘iziston fuqarolari Qirg‘iziston parlamenti saylovlarida ishtirok etishlari mumkin

2020 yil 4 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jog‘orku Keneshi deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida mamlakatimizda doimiy yoki vaqtincha yashab turgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari ovoz berishi uchun uchastka saylov komissiyasi (USK) tashkil etilgan. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari o‘z saylov uchastkalarini tizme.gov.kg saytidan aniqlab olishlari mumkin.O‘zbekistondagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari Elchixonada ovoz berish huquqiga ega. Saylovlar quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumani Niyozbek yuli ko‘chasi 6-yo‘lak 30-uy. Saylov vaqti soat 08:00 dan 20:00 gacha. Saylovchi ovoz berish uchun Qirg‘iziston Respublikasining umumfuqarolik pasporti bilan kelishi shart. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari savol tug‘ilgan taqdirda +998 71 2398613, +998 90 9012982 telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilib, elchixona xodimiga murojaat etishlari mumkin.

Bu haqida batafsil  Qirg‘iziston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy sayti va Qig‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy sayti orqali bilib olishingiz mumkin.

30.09.2020 67