KONSTITUSIYa BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan Sizlarni muborak ayyom – O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, milliy saylov tizimida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda Bosh qomusimizda o‘z ifodasini topgan g‘oyalar, tamoyillar va me’yorlar muhim omil bo‘layotir.

Bugungi kunda har bir fuqaro shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini, o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitusiyamizsiz tasavvur etolmaydi. Zero, Konstitusiyamiz hayotimizning barcha sohalarida xalqimizning turmushi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan islohotlarda huquqiy asos vazifasini o‘taydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi milliy Konstitusiyamiz qabul qilingan kun - 8-dekabr  bayrami bilan  barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz yanada faravon bo‘laversin!

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

07.12.2020 192