Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarga doir davra suhbati

29 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan “Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarga doir davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, OAV vakillari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari  ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari S.Qurbankulov, G.Ismailovalar saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar yuzasidan ma’ruza qildilar.

Tadbirda talabalarning nomzodlar tomonidan targ‘ibot va tashviqot olib borishda axborot kommunikasiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish, aholining saylovlarda faol ishtirokini ta’minlash, pandemiya sharoitida saylovlarni o‘tkazish tartibiga doir savollariga atroflicha tushunchalar berib o‘tildi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

29.03.2021 105