Bolgariya Milliy Majlisiga saylovlar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4 aprel kuni Bolgariya Milliy Majlisiga (parlamentiga) saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov uchastkalari o‘z faoliyatini mahalliy vaqt bilan soat 07: 00da boshlab, 20:00 gacha davom ettirdi.

Saylovchilar ro‘yxatiga 6,7 mln fuqaro kiritildi. Ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish darajasi esa 43,9 foizga teng bo‘ldi.

Bolgariya parlamenti bir palatali bo‘lib, saylovlar har to‘rt yilda o‘tkaziladi. Saylovda 22 ta partiya, sakkizta koalisiya va mustaqil nomzodlar ishtirok etayapdi. Umuman olganda, 6985 nomzod parlamentdagi o‘rinlar uchun kurashmoqda. Bolgariyada 12 mingga yaqin, chet elda yana 465 saylov uchastkasi tashkil etildi.

Saylovga oid natijalar https://results.cik.bg/pi2021/rezultati/  sayti orqali onlayn berib borilmoqda.

05.04.2021 50