Eng ilg‘or demokratik tamoyillar asosida

Saylov – davlat va jamiyat hayotida muhim siyosiy voqea. Davlatni rivojlantirish, xalq farovonligini muttasil yuksaltirishning muhim vosita va imkoniyatlaridan biridir. Gap ana shu ulkan imkoniyatdan samarali foydalanishda. Bu esa, avvalo, saylov tashkilotchilarining bilimi va ko‘nikmasining nechog‘lik yuksakligiga, ularning dilidagi xalq va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usining  mustahkamligiga ham bog‘liq.

Barchamizning xabarimiz bor: davlatimiz rahbarining 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi.

Prezident saylovi mamlakatimizni rivojlantirishning beshta muhim ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida  o‘z ifodasini topgan ilg‘or demokratik g‘oyalarning amaldagi yana bir yorqin ifodasi bo‘ladi.

Bu uchastka saylov komissiyalaridan to Markaziy saylov komissiyasigacha – barcha darajadagi saylov komissiyalari, barcha saylov tashkilotchilari o‘z ishini eng ilg‘or demokratik prinsiplar asosida va yuksak tashkiliy darajada amalga oshirishini taqozo qilishini yana bir bor ta’kidlamoqchiman.

Markaziy saylov komissiyasining o‘tgan galgi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi batafsil muhokama qilingan va tasdiqlangan edi.

Ijrosiga jadal kirishilgan Dasturda   Saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni (a’zolarini) tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilangan.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Konsepsiya loyihasi tayyorlandi. Bugungi majlisimizda uning loyihasi batafsil muhokama qiligani va tasdiqlangani ana shu tizimli ishlarning tasdig‘idir. 

 

Zayniddin NIZAMXODJAYeV,

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiya Raisi

27.04.2021 54