AKT: SAYLOVCHILAR UCHUN YANGI QULAYLIKLAR

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Sherzod ALIMOVdan Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi hamda Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:

-Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYAER) va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini (SJBAT) yanada takomillashtirish orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarining elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishini taqozo etadi.

Bu borada Markaziy saylov komissiyasi hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda saylov jarayonlariga ilg‘or axborot kommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va ularni takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirligining “Xatlov” va “Manzil” bazasidagi ma’lumotlarni yangilash maqsadida joylarda Ichki ishlar vazirligi, Kadastr, Mahalla vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda xatlovni amalga oshirish uchun o‘n to‘rt ma’muriy hududda va 206 ta tuman/shaharda shtablar tashkil etildi.

Ularning tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar umumlashtirildi. Xususan, yashash manzilida ro‘yxatda bo‘lmagan va vafot etgan fuqarolarni chiqarib tashlash, shuningdek amalda yashab turgan, lekin ma’lumotlar bazasida bo‘lmagan fuqarolarni kiritish ishlari olib borildi.

- Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan vatandoshlarimiz saylovda ishtirok etishlari uchun qanday elektron tizimlar yaratiladi?

- Xabaringiz bor, avvallari saylovlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining konstitusiyaviy huquqlaridan foydala olgan. Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan, endilikda,  chet davlatlarda istiqomat qilib turgan vatandoshlarimiz diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi va xorijiy mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilar orqali ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.

Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari huzurida tashkil etiladigan saylov uchastkalarining saylovchilar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha elektron murojaat qilish imkonini beruvchi xizmat joriy etiladi.
Shu maqsadda Tashqi ishlar vazirligining saylov.mfa.uz saytida mazkur xizmat sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ushbu xizmat saylov qonunchiligida belgilangan muddatlarda to‘liq ishga tushiriladi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

04.05.2021 20