Bugun – 12 may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi ZOOMdasturi orqali on-layn tarzda bo‘lib o‘tdi

Bugun – 12 may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi ZOOMdasturi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida  17-29 may kunlari o‘tkaziladigan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarni yuqori saviyada tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda MSK a’zolarini hududlarga biriktirish, seminar-treninglarni samarali tashkil etish uchun tashkilotchilar bilan yaqindan hamkorlik qilish, o‘quv jarayonlarini monitoring qilish, aniqlangan xato-kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish kabi masalalar muhokama qilindi. Ma’lumki, mazkur seminar-treninglar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 27 aprelda tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasiga muvofiq tashkil etilmoqda.

Ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida seminar-treninglar tashkil etilib, unda 1000 nafarga yaqin hududiy trenerlar va saylov jarayonini hududlarda tashkil etishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislarga har bir hududga biriktirilgan to‘rt nafardan jami 56 nafar malakali respublika trenerlari tomonidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Kelgusida esa tayyorlangan hududiy trenerlar tuman va shaharlarga taqsimlanib, iyun-sentyabr oylarida Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-grafik asosida uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar uchun seminar-treninglar o‘tkazadi. Ushbu seminar-treninglar jarayonidan kunlik ma’lumotlar berib boriladi.

12.05.2021 77