Maqolalar
Ustuvor vazifalarning amaliy ifodasi 2019-10-23

Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist Mirzo Ulugʼbek АBDUSАLOMOV bilan suhbat.

Saylovlar demokratik tamoyillar asosida, yangicha ruhda oʻtadi 2019-10-17

Oʻzbekiston katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi arafasida turibdi. Saylovlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy taraqqiyotning yuksalish bosqichidagi demokratik saylovlar 2019-10-17

“Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida eʼtirof etilganidek: “Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor boʻldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi”.

Saylovlar sohasidagi islohotlarning yangi davri 2019-10-17

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan va yaqinda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bu borada mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Saylovlar: yangi Oʻzbekistonning yangi imkoniyatlari 2019-10-17

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist Mirzo Ulugʻbek ABDUSALOMOV bilan suhbat.

Saylovlar Oʻzbekistonni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qoʻshishda muhim amaliy qadam 2019-10-17

2019-yil 20-sentyabr demokratik taraqqiyotning yangi sahifalarini ochib, insonparvar islohotlar samarasida dunyo hamjamiyatiga uygʻunlashib borayotgan Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga molik sana sifatida muhrlanib qoladi.

Saylovlar: jamoat nazoratining amaldagi ifodasi 2019-10-17

Shu yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlarining saylovlari boʻlib oʻtadi. Ayni kunlarda saylov kampaniyasi qizgʻin pallaga kirmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi, taniqli jurnalist Suyarjon QURBONQULOV bilan suhbatimiz MSK tomonidan saylovlarni yuqori tashkiliy saviyada, ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida boʻldi.

Rivojlangan davlatlar safidan munosib oʻrin egallashga dadil intilayotgan oʻzbekistonda davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar eʼlon qilindi 2019-10-17

Mamnuniyat bilan qayd etish lozim, 2019-yil 20-sentyabr yangilanib, yasharib, demokratik taraqqiyotining yangi sahifalarini ochib, shiddatli insonparvar islohotlarni amalga oshirib dunyo hamjamiyatiga uygʻunlashib borayotgan Oʻzbekistonimiz ijtimoiy-siyosiy xayotida soʻzsiz tarixiy axamiyatga molik sana sifatida muxrlanib qoladi.

Saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari: tuzish tartibi va vakolatlari 2019-10-17

Har bir oʻtayotgan kun bizni joriy yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun boʻlib oʻtadigan saylovlarga yaqinlashtirmoqda.

Davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar 2019-10-17

Davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar: milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, Oʻzbekistonni dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qoʻshishda yana bir muhim amaliy qadam boʻladi

Saylov kampaniyasi: baxs qizgʻin boʻladi 2019-10-17

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari Mahmud ISTAMOV bilan suhbat.

Saylov qonunchiligidagi yangiliklar: Aybsizlik prezumpsiyasi. Ozodlikdan mahrum etilganlarning saylovdagi ishtiroki 2019-10-17

Mamlakatimiz sud-huquq sohasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan jadal islohotlar berayotgan yuksak samaralar xalqimizning huquq va erkinliklarini taʼminlash va yanada kengaytirishga qaratilgan hayotiy qonunlar qabul qilinayotganida ham oʻz inʼikosini topmoqda. Barcha sohalarda boʻlgani kabi, saylov qonunchiligining ham libreallashtirilayotgani, oʻz navbatida, saylovlarni ochiq-oshkora, shaffof, demokratik va umumeʼtirof etgan prinsiplar asosida oʻtkazishga xizmat qiladi.

Mahalla mening taqdirimda: Boʻlajak saylovlarda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tutgan oʻrni va nufuzi 2019-10-17

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim qilgan Murojaatnomada: “Kelgusi yili mamlakatimizda Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga navbatdagi saylov oʻtkaziladi. Yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida gʻoyat muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada oʻtkazish uchun har tomonlama tayyorgarlik ishlarini boshlashimiz zarur”, deb taʼkidlagan edi.

Xalq deputatlari mahalliy kengashlarga saylov oʻtkazuvchi viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining faoliyatini samarali tashkil etish toʻgʻrisida 2019-10-17

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 20-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi 944-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi”ning 10-bandi ijrosi boʻyicha 2019-yil 27-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar boʻlgan vaqt ichida Respublikamiz boʻyicha mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalari tuzildi.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirishning demokratik usuli 2019-10-17

Malumki, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish mexanizmlari yoritib berilgan.

Nomzodning ishonchli vakili saylovoldi tashviqotida eng muhim institut 2019-10-17

Deputatlikka nomzodlar oʻz saylovoldi dasturini saylovchilarga tanishtirar ekan, ushbu jarayonni yanayam aholining chuqur qatlamlari hamda har bir saylovchiga yetib borishi uchun oʻzining ishonchli vakillari bilan hamkorlikda ish tashkil etadi.

Saylov jarayonining muhim bosqichi 2019-10-17

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 24-sentyabr kuni oʻtgan navbatdagi majlisida siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini roʻyxatga olish masalasi koʻrib chiqildi.

Vakolatli vakil: Jamoat nazoratining muhim boʻgʻini 2019-10-17

Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etar ekan, oʻz maqsadlari va gʻoyalari asosida ishlab chiqilgan saylovoldi dasturiga binoan deputatlikka nomzodlar koʻrsatadi va ularning saylanishi uchun keng qamrovli tashviqot ishlarini olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy partiyaning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi nizomda bu jarayon batafsil belgilab qoʻyildi.