АBDUSАLОMОV Mirzo-Ulug'bek Elchiyevich

Komissiya Raisi

1952-yildа tug’ilgаn, оliy mа’lumоtli-Tоshkеnt dаvlаt univеrsitеtini tаmоmlаgаn. Mutaxassisligi - huquqshunоs, yuridik fаnlаr nоmzоdi. O’zbеkistоndа xizmаt ko’rsаtgаn yurist. 1995-2004-yillаr mоbаynidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy xo’jаlik sudining rаisi, 2004-2005-yillаrdа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyaviy sudi rаisi bo’lib ishlаgаn. 2005-yil 7-mаydаn buyon O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаrkаziy sаylоv kоmissiyasining Rаisi lаvоzimidа fаоliyat yuritib kеlmоqdа.


ISTAMOV Maxmud Shuxratovich

Komissiya Raisining o‘rinbosari

1979-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi –huquqshunos. Mehnat faoliyatini 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida katta maslahatchisi lavozimida boshlab, bir qator mas’ul lavozimlarda, 2006-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni inspektori, yetakchi inspektori, 2014-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik sho‘’basi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2019-yil 23-iyuldan Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylangan.


MAMATOV Xudoyor Teshayevich

Komissiya kotibi

1971- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi huquqshunos. 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o'quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan. 2019- yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi, joriy yil 19- sentyabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, Kotibiyat rahbari etib saylandi.