SJBAT bilan ishlashni o‘rganish

SJBАT bilan ishlashni oʼrganish

Ushbu Foydalanuvchi qoʼllanmasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi «Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-3961-son qarorini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan. 

Ushbu Foydalanuvchi qoʼllanmasining maqsadi tizimda foydalanuvchilarni roʼyxatga olish va ishlash uchun tavsiya etiladigan qoidalarni belgilashdan iborat. 

Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimi (bundan keyin - SJB AT) Oʼzbekiston Respublikasida saylov jarayonini boshqarish boʼyicha barcha xizmatlarni oʼz ichiga olgan saylovlarga moʼljallangan. SJB АT saylov komissiyalari uchun saylovlarni boshqarish tizimi (EMS), saylovchilarga xizmatlar koʼrsatish (ESS) statistika tizimi, shuningdek tuman va okrug saylov komissiyalarining manzillari, okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolari, shuningdek SJB АT bilan ishlash boʼyicha nomzodlar toʼgʼrisidagi axborotni shakllantirish va yuritish quyi tizimidan tashkil topgan. 

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi doirasida okrug saylov komissiyasini yaratish uchun foydalanuvchilar yo'riqnomasi (havola orqali oʼting)

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi doirasida Viloyat okrug saylov komissiyalarini yaratish uchun foydalanuvchilar yo'riqnomasi (havola orqali oʼting)

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi doirasida Tuman saylov komissiyalarini yaratish uchun foydalanuvchilar yo'riqnomasi (havola orqali oʼting)

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi doirasida uchastka saylov komissiyalarini yaratish uchun foydalanuvchilar qo'llanmasi (havola orqali oʼting)

556