Saylov komissiyalari a'zolarini o‘qitish

Mazkur ishchi daftar 2019 yilning dekabrь oyida Oʼzbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʼlib oʼtadigan saylovlarda ishtirok etuvchi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining bilim va amaliy koʼnikmalarini oshirishga moʼljallangan.

Hammamizga maʼlumki, joriy yilda kutilayotgan saylovlar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov boʼyicha 150 ta saylov okrugida boʼlib oʼtadi. Saylov jarayonidagi ishtirokingiz, sizning zimmangizga uchastka saylov komissiyasida boʼlib oʼtadigan saylov jarayonlarining qonuniyligi va oshkoraligini taʼminlashda ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Mazkur ishchi daftar Saylov kodeksi qoidalarining mazmun-mohiyatini, shuningdek, uchastka saylov komissiyasining saylovga tayyorgarlik koʼrish, uni oʼtkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash jarayonida foydalanish uchun zarur boʼlgan hujjatlar namunalari va shakllari hamda sxemalarini qamrab olgan.

Taklif etilayotgan ishchi daftar sizga kerakli yordamni taqdim etishiga, yuklatilgan vazifalarni samarali va vijdonan amalga oshirishingizga, eng muhimi – saylov qonunchiligi talablariga rioya qilishingizga yordam berishiga ishonamiz.

Sizga boʼlajak saylovlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

(Oʼrganish uchun modullar ustiga bosing)


1-MODUL. SАYLOVNING MАZMUN-MOHIYATI VА SАYLOVGА OID QONUNCHILIK

2-MODUL. SАYLOV KOMISSIYALАRI VА ULАRNING VАKOLАTLАRI 

3-MODUL. SАYLOV JАRАYONI ISHTIROKCHILАRI 

4-MODUL. SАYLOVOLDI TАSHVIQOTI 

5-MODUL. SАYLOVDА OVOZ BERUVCHILАR ROʼYXАTI 

6-MODUL. SАYLOV UCHАSTKАLАRINI JIHOZLАSH 

7-MODUL. MUDDАTIDАN OLDIN OVOZ BERISH 

8-MODUL. “SАYLOV KUNI”NI OʼTKАZISH 

9-MODUL. SАYLOV NАTIJАLАRINI АNIQLАSH VА E`LON QILISH 

10-MODUL. TАKRORIY OVOZ BERISH, TАKRORIY SАYLOV

11-MODUL. SАYLOV TOʼGʼRISIDАGI QONUN HUJJАTLАRINI BUZGАNLIK UChUN JАVOBGАRLIK 

12-MODUL. SАYLOV KOMISSIYALАRI А`ZOLАRINING MULOQOT SАMАRАDORLIGI

486