Tarkib

AXMEDOVA Feruzaxon Solijonovna

Komissiya a’zosi

1957-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - matematika o‘qituvchisi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.


BABANAZAROVA Marinika

Komissiya a’zosi

1955-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universiteti, Toshkent teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, san’atshunos. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.


BOBOJONOV Otagaldi

Komissiya a’zosi

1955-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos. 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.


Djurayeva Muxayyo Abdugabbarovna

Komissiya a’zosi

1983-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi-tarixchi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.


Ibodullayev Adxam Ibodullayevich

Komissiya a’zosi

1984-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining Byudjet qonunchiligi buzilishi holatlarini nazorat va profilaktika qilish yig‘ma-tahlil boshqarmasi Byudjet qonunchiligi buzilish holatlarini tahlil qilish va profilaktikasini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.


Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna

Komissiya a'zosi

1980-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat yuridik institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini ikkinchi mutaxassislik sifatida tamomlagan. Mutaxassisligi-huquqshunos-iqtisodchi. Hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.


Isoqboyev Alisher Axmadjonovich

Komissiya a’zosi

1978-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Namangan davlat universitetining bakalavr hamda 2002-yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi-tarixchi. Tarix fanlari nomzodi. Hozirgi kunda Namangan davlat universitetining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.


Kenjayeva Iroda Misirovna

Komissiya a’zosi

1970-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi-shifokor. 2015-yildan buyon Buxoro viloyati tibbiy diagnostika markazi direktori lavozimida mehnat qilmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.


KURBANKULOV Suyarjon Masharipovich

Komissiya a'zosi

1960- yilda tug'ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. Toshkent viloyati «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi, «Mahalla» jamoat fondi rahbari, O'zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimlarida ishlagan. 2014- yilda O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan. 2015- yil 3- fevraldan O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, joriy yil 19- sentyabrdan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a'zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.


NOROV Jalil Xalilovich

Komissiya a’zosi

1953-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli – Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi. O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi lavozimida ishlaydi. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.


Qozixonova Orzigul Mo‘ydinovna

Komissiya a'zosi

1971-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Tojikiston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi-huquqshunos. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining yuridik bo‘limi mudiri lavozimida mehnat qilmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.


Qudratxodjaev Sherzodxon Tadjitdinovich

Komissiya a'zosi

1974-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi jurnalist. Siyosiy fanlar nomzodi. Hozirgi kunda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.


RAXIMOVA Gyulnoza Abdusattarovna

Komissiya a’zosi

1959-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko‘p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, 2010-yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan. 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. Shu yil 4-maydan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari, 2019-yil 23-iyuldan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.


SADIQOV Janabay

Komissiya a’zosi

1953-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hizmat ko‘rsatgan yurist. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlaydi. 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.


SIROJIDDINOV Shuhrat Samariddinovich

Komissiya a’zosi

1961-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - filolog, fors va ingliz tillari va adabiyoti. Filologiya fanlari doktori, professor. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori lavozimida ishlaydi. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.


XODJAKULOV Erkin Gaybullayevich

Komissiya a’zosi

1958-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - huquqshunos. 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. 2017-yildan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudi raisi.


Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich

Komissiya a’zosi

1965-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon paxtachilik institutini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi-muhandis-mexanik. Andijon viloyati hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi vazifasida mehnat qilgan. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.