Xalqaro hamkorlik
Saylovda xalqaro kuzatuvchilarning oʻrni qanday? 2019-10-10

Samarqandda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi aʼzolari uchun seminar trening oʻtkazildi.

YXHT ishtirokchi mamlakatlarining Vena shahridagi doimiy vakillari tashrifiga doir 2019-10-10

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan, 20 ta elchi – YXHT ishtirokchi mamlakatlarining Vena shahridagi doimiy vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan ham uchrashdi.

Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi 2019-10-04

Joriy yilning 4-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulugʻbek Abdusalomov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosi (DIIHB)ning saylovlar boʻyicha maslahatchisi Ulvi Axundlu hamda Saylov tizimlari xalqaro fondining Qirgʻizistondagi ofisi direktori Renata Levovskiylar bilan uchrashdi.

Belarus Respublikasi delegatsiyasi MSKga tashrif byurdi 2019-10-02

Joriy yilning 30-sentyabr kuni mamlakatimizga Belarus Strategik tadqiqotlar institutining direktor oʻrinbosari Shendik Tatyana Aleksandrovna boshchiligidagi Belarus delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Demokratiya va saylovlar mavzusi YEXHTning inson huquqlari boʻyicha konferensiya eʼtiborida 2019-09-17

Joriy yilning 16-sentyabr kuni Varshava shahrida (Polsha) Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Inson mezonlari sohasidagi majburiyatlarni bajarish tahliliga bagʻishlangan 23- kengashining ikkinchi kunida demokratiya normalariga rioya etish va demokratik saylovlarni oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasining vakili YEXHTning Inson mezonlari boʻyicha kengashida ishtirok etmoqda 2019-09-16

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Oliy Majlis palatalari, Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va boshqa tashkilotlar vakillari bor.

BMT bilan hamkorlik doirasida loyiha faoliyati yoʻlga qoʻyiladi 2019-09-10

Dan Malinovich Markaziy saylov komissiyasiga qilgan tashrifidan tashqari Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasida ham uchrashuvlar oʻtkazdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahar Dumasiga tashrif buyurdi 2019-09-08

Moskva shahar Dumasi raisi Aleksey Shaposhnikov konferensiya ishtirokchilarini poytaxt parlamentining tashkiliy tuzilmasi, uning funksiya va vazifalari bilan tanishtirdi hamda Duma vakillarining Birlashgan ovoz berish kuniga tayyorgarlik koʻrishdagi ishtiroki toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etmoqda 2019-09-06

Tadbir Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi va Moskva shahri hukumati tomonidan tashkil etildi.

BMT Ehtiyojlarni baholash missiyasi Oʻzbekistondagi saylovlarni oʻtkazishda yordam berishni tavsiya etdi 2019-09-04

Uchrashuvda saylovlarni oʻtkazishda hamkorlik dasturini ishlab chiqish, shu yilning 23-30-iyul kunlari BMT Ehtiyojlarni baholash missiyasining (EBM) saylovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashrifi natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasida saylov jarayonini oʻtkazishga koʻmaklashish masalalari muhokama etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi BSOA Ijroiya Kengashining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etdi 2019-09-04

Ijroiya kengashi Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan siyosiy qarorlar ijrosi nazorati hamda BSOA kotibiyati qoida va nizomlarini tasdiqlovchi organ hisoblanadi. Oʻzbekiston MSK 2017-yildan buyon kengash aʼzosidir.

Boʻlajak Parlament saylovlarini YEXHT DIIHBning toʻlaqonli missiyasi kuzatib boradi 2019-08-29

Ilgari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mamlakatimizning ushbu muhim siyosiy tadbirni ochiq va oshkora, umumeʼtirof etilgan xalqaro saylov standartlariga muvofiq ravishda oʻtkazishga tayyorligini inobatga olib, xalqaro majburiyatlardan kelib chiqqan holda, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YEXHT DIIHB) ga saylovoldi vaziyatini va shu yilning dekabr oyida boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlikning borishini baholash uchun taklifnoma yuborilgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasining tashrifiga doir 2019-07-23

2019-yilning 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ehtiyojlarni baholash missiyasining saylov va siyosiy masalalar boʻyicha masʼul xodimi Paskal Russi rahbarligidagi delegatsiyaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasining tashrifiga doir 2019-07-22

Joriy yilning 23-30-iyul kunlari mamlakatimizga BMT Ehtiyojlarni baholash missiyasining saylov va siyosiy masalalar boʻyicha masʼul xodimi Paskal Russi rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi kutilmoqda.

Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeldning Markaziy saylov komissiyasidagi uchrashuviga doir 2019-07-19

2019-yil 19-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasida Germaniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosi Delegatsiyasi ishtirokidagi uchrashuv 2019-07-09

2019-yilni 9-iyul kuni Markaziy Saylov komissiyasida mamlakatimiz parlamentiga joriy yilni dekabr oyida oʻtkaziladigan saylovlar munosabati bilan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosining Ehtiyojlarni baholash Missiyasi(EBM) delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum ishtirokidagi uchrashuv 2019-07-08

2019-yil 8-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasida AQSHning Oʻzbekistodagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniyel Rozenblyum ishtrokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Markaziy saylov komissiyasida BMTTD Oʻzbekistondagi Doimiy vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi 2019-07-05

2019-yil 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Markaziy saylov komissiyasi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi 2019-06-28

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan hamoxang holda davlat va jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirish borasida ham keng koʻlamli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

SHHTga aʼzo mamlakatlar xotin-qizlari oʻrtasida hamkorlik va tajriba almashish uchun noyob maydon 2019-05-18

2019-yilning 15-16-may kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari xotin-qizlarining Ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi.

Diqqat! Veb-sayt test holatida ishlamoqda.