-
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -

123
Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Vakillik palatasiga shu yil 17-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi vakillari xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Belarusning oliy qonun chiqaruvchi organiga deputatlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali to‘rt yilga saylanadi.
Bugun, 15-noyabrda, Minsk shahriga jo‘nab ketgan mamlakatimiz delegasiyasi tarkibida Oliy Majlis palatalari, Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, ekspertlar bor. Ular Belarus parlamentiga bo‘lajak saylovlarni MDH, ShHT, YeXHT kabi xalqaro tashkilotlarning missiyalari safida kuzatib boradi.
Qayd etish joizki, Belarus vakillari ham O‘zbekistonda o‘tkazilgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida muntazam ishtirok etib keladi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati