Hurmatli fuqarolar!

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov jarayonlariga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilda okrug va uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini avtomatlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYER) va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (SJBAT) ishga tushirildi.

Saylovlarning ochiqligi va adolatliligini oshirish maqsadida umumxalq saylovlarida ilk marotaba SYAERdan foydalaniladi. Bu “bir saylovchi - bir ovoz” tamoyilini amalga oshirish imkonini beradi. SYERning asosiy vazifasi saylovchilar hisobini yuritish va ularni avtomatik ravishda okrug va uchastka saylov komissiyalari bo‘yicha taqsimlash.

Uchastka saylov komissiyalari, SYERdan saylov uchastkalariga tegishli ro‘yxatlarni olib, saylovchilarga doir ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida uyma-uy yurib fuqarolar xatlovini amalga oshirmoqda.

16.12.2019 40