Markaziy saylov komissiyasida BMTTD Oʻzbekistondagi Doimiy vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-yil 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

RUS_1789.JPG

Mamlakatimizda davlat qurilishining demokratik asoslarini jadal rivojlantirish borasida olib borilayotgan siyosat doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda saylov jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

M.Dimovskaning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda saylov qonunchiligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida boʻlib, bu boradagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish qoʻllab-quvvatlanishini bildirdi.

RUS_1813.JPG

Qayd etilganlarni inobatga olgan holda saylov organlari vakillarining malakasi, shuningdek, saylovchilarning huquqiy madaniyati va elektoral faolligini oshirish hamda saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirish muhokamalar mavzusida boʻldi.

RUS_1806.JPG

Uchrashuvda tomonlar saylov sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni amalga oshirish muhimligini tasdiqlab oʻtdilar.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati

05.07.2019 317