YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosi Delegatsiyasi ishtirokidagi uchrashuv

2019-yilni 9-iyul kuni Markaziy Saylov komissiyasida mamlakatimiz parlamentiga joriy yilni dekabr oyida oʻtkaziladigan saylovlar munosabati bilan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha Byurosining Ehtiyojlarni baholash Missiyasi(EBM) delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ekspertlarga joriy yil boʻlib oʻtadigan parlament sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi bilan saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati, ularning saylovlarni demokratik asoslarda tashkil etishdagi roli bilan tanishtirdi.

1.png

Oʻz navbatida, delegatsiyasi rahbari A.Shlыk Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar saylov tizimiga oid qonunchilik sohasida ham oʻz oʻrniga ega ekanligini taʼkidlab, Missiya oʻz faoliyatida saylovlarni xalqaro standartlar va demokratik prinsiplar asosida oʻtkazilishi uchun hamkorlik masalalarini muhokama etishga tayyorligini maʼlum qildi.

2.png

Mamlakatimizda saylov qonunchiligi xalqaro standartlar va ijobiy xorijiy amaliyotga muvofiq takomillashtirib borilmoqda. Bu borada saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, saylov komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ huquqiy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Qolaversa, joriy yilda mamlakatimiz tarixida ilk bor saylov bilan bogʻliq barcha huquqiy meʼyorlarni oʻz ichiga qamrab olgan yaxlit qonun hujjati – Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi ishlab chiqilib, qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat loyihasi 50 dan ortiq davlatlar saylov qonunchiligini tahlil etgan holda ishlab chiqilib, keng jamoatchilik va xalqaro tashkilotlar ekspertizasidan oʻtkazildi. Jumladan, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi tavsiyalari, shuningdek, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar fikr va xulosalari olindi.

Alohida taʼkidlash joizki, DIIHBning Missiyasi Oʻzbekiston tarixida ilk bor saylovlardan olti oy oldin taklif etildi. Ushbu Missiya DIIHBning amaliyotiga koʻra odatda, muayyan saylovlar boshlanishidan oldin mamlakatdagi saylovoldi holatni, shu jumladan, saylovlarga tayyorgarlikni baholash maqsadida yuboriladi. Uning vazifasi–DIIHBning saylovlarning kuzatish bilan bogʻliq tadbirlarining maqsadga muvofiqligiga aloqador tavsiyalarni ishlab chiqish va bu tadbirlarni zaruratga qarab qaysi formatda amalga oshirilishi mavjud ehtiyojlarga javob berishiga aniqlik kiritishdan iborat.

Missiya ekspertlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi va Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuvlari eʼtirof etildi. Shuningdek, bir qator davlat xokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlari rejalashtirilganligi qayd etib oʻtildi.

Markaziy saylov komissiyasi
matbuot xizmati

09.07.2019 439