O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi

2019-yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, MSK xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda, “O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 90-moddasini qo‘llash to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”, “Saylovlar va referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, 32-G‘allaorol saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Tulqin Sayfullaevich Abdusattarovning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi direktori lavozimiga tayinlangani hamda 48-Chust saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Rahim Rasuljonovich Hakimovning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlanganligi munosatbati bilan ularni deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Majlisda MSK vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 


Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati

19.09.2019 462