Tojikistondagi saylovlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegasiya ham kuzatib bormoqda

Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 11 oktyabrda Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.  Saylovlarda 150 dan ziyoz xalqaro kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Saylov jarayonlarini xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegasiya ham kuzatib bormoqda.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni  Tojikiston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegasiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot davomida Tojikiston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Baxtiyor Xudoyorzoda prezidentlik saylovlarini tashkil etish va uni o‘tkazish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. 

O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari saylov okruglari va saylov uchastkalarida sanitariya holatlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan tadbirlarni yuqori baholadi va ushbu siyosiy kampaniyada muvaffaqiyatlar tilab qoldi.

10.10.2020 274