OAV vakillari akkreditatsiyadan oʻtkaziladi

Ommaviy axborot vositalari vakillari saylov kampaniyasi davrida xolis axborotlarni keng, tezkor va erkin tarqatish, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etishi uchun akkreditatsiya qilinadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasini yoritish yuzasidan mamlakatimiz va chet el jurnalistlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori  bilan belgilangan.


Hujjatlarni quyidagi manzillarga yuboring :

Elektron manzil: elections@umail.uz, saylov@umail.uz
Maʼlumotlar uchun telefon: (71) 239-43-91, (71) 239 15-72
 

06.10.2019 443