Saylovda xalqaro kuzatuvchilarning oʻrni qanday?

Samarqandda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi aʼzolari uchun seminar trening oʻtkazildi.

Tadbir Markaziy saylov komissiyasining loyihaviy faoliyati doirasida YXHT Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi bilan hamkorlikda saylov boʻyicha ekspertlar ishtirokida tashkil qilindi.

photo5256242614376704866.jpg

Markaziy saylov komissiyasi vakili Farhod Nasriddinov Oʻzbekiston Respublikasi saylov kodeksining asosiy tushunchalari, kuzatuvchilarni roʻyxatga olish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, hududiy boshqaruv organlarining saylovlarni tashkil qilish va oʻtkazishdagi oʻrni haqida maʼlumot berdi.
photo5256242614376704868.jpg

– Parlament va mahalliy kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni, ovoz berish jarayonini yurtimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning, oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, koʻplab xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari bevosita kuzatib boradi, – deydi F.Nasriddinov. – Birgina YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining uch yuzga yaqin vakili kuzatib borishi kutilmoqda. Bundan tashqari, boshqa xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlardan ham kuzatuvchilari ishtirok etadi. Albatta, kuzatuvchilar oʻz huquq va majburiyatlarini yaxshi biladi. Shu bilan birga saylov komissiyalari aʼzolari ham bu borada zarur bilim va tushunchaga ega boʻlishi lozim.
photo5253948345926396864.jpg

Seminar davomida YXHT ekspertlari saylovlarni tashkil qilish va oʻtkazishning xalqaro standartlari, bu boradagi normativ huquqiy baza xususida soʻz yuritdi. Saylovda xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etishining ahamiyati, saylovlarni baholash mezonlari haqida maʼruzalar tinglandi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                           Gʻ.HASANOV, OʻzA

10.10.2019 390