O‘zbekistonning xorijda bo‘lib turgan fuqarolari muddatidan oldin ovoz berishi davom etmoqda

2019 yil 15 dekabr kuni ertalab soat 9.00 dan (Toshkent vaqti bilan soat 5:00) Amur viloyatining Svobodnenskiy tumanidagi “Renaissance Heavy Industries” kompaniyasining vaqtincha vaxta shaharchasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda muddatidan oldin ovoz berish davom etdi.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, dastlabki uch kun ichida deputatlikka nomzodlarga muddatidan oldin ovoz berish bo‘yicha sayyor punktda 4700 ga yaqin saylovchi ovoz berdi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Bosh konsulxona huzurida 14-saylov uchastkasi tuzilib, u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 144 - Do‘mbirobod saylov okrugiga biriktirilgan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2019 yil 17-18 dekabr kunlari soat 9.00 dan 18.00 ga qadar O‘zbekiston fuqarolari Primor o‘lkasi Mixaylovskiy tumani Dubki qishlog‘i “Esta Construction” kompaniyasi vaqtincha vaxta shaharchasida muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin.

15.12.2019 35