MSK delegatsiyasi Hindistondagi saylovlarda ishtirok etdi

Joriy yilning aprel-may oylarida Hindiston parlamenti quyi palatasiga (Lok Sabha) saylovlar boʻlib oʻtmoqda. Mazkur siyosiy tadbirda Hindiston aholisining 910 milliondan ortigʻi bevosita ishtirok etmoqda.

2019-yilning 12-may kuni Hindistonning yettita shtatida saylovning oltinchi bosqichi oʻtkazildi. Mazkur bosqichda ovoz berish butun mamlakat boʻylab 59 ta saylov okrugini qamrab oldi. Shu kuni 101,7 million hind aholisi ovoz berish uchun Bihar, Jarhand, Gʻarbiy Bengal, Madya, Pradesh, Uttar Pradesh, Haryana hamda poytaxt Dehli shahrida ochilgan 113 mingdan ortiq saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.

Ushbu saylovlarda Markaziy saylov komissiyasi delegatsiyasi aʼzolari Kotibiyat rahbari S.Qurbankulov hamda Kotibiyat boʻlim boshligʻi F.Nasriddinovlar xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etdilar.

2.jpg

Saylov jarayonlarida dunyoning 20 dan ziyod mamlakatlari xususan, Avtraliya, Bangladesh, Butan, Bosniya va Gersegovina, BAA, Zimbabve, Fidji, Gruziya, Keniya, Koreya Respublikasi, Qirgʻiziston, Malayziya, Meksika, Myanma, Ruminiya, Rossiya, Shri-Lanka, Surinam va Oʻzbekiston hamda Xalqaro demokratiya va saylovlarga koʻmaklashish instituti (IDEA) vakillari qatnashdilar.

Hindiston parlamentining quyi palatasiga boʻlib oʻtayotgan saylovlar 11-apreldan 19-mayga qadar 7 bosqichda oʻtkazilmoqda. 543 ta mandat uchun munosib nomzodlar majoritar tizim asosida yashirin ovoz berish yoʻli orqali saylanadilar.

Markaziy saylov komissiyasi vakillari Hindiston Saylov komissiyasi raisi Sunil Arora bilan uchrashib, kelajakdagi hamkorlik aloqalari haqida kelishib oldilar.

1.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati 

16.05.2019 338