Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ehtiyojlarni baholash missiyasi delegatsiyasining tashrifiga doir

Joriy yilning 23-30-iyul kunlari mamlakatimizga BMT Ehtiyojlarni baholash missiyasining saylov va siyosiy masalalar boʻyicha masʼul xodimi Paskal Russi rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi kutilmoqda.

Ehtiyojlarni baholash Missiyasi(EBM)ning asosiy maqsadi borilgan mamlakatdagi saylov jarayonini tartibga soluvchi huquqiy chora-tadbirlar, shuningdek, saylovlarni boshqarish organlarining salohiyati va ehtiyoji, keyinchalik koordinatorga kerakli yordamni taqdim etishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Ehtiyojlarni baholash Missiyasi(EBM) odatda saylovchilar uchun axborot va taʼlim dasturlarini qoʻllab-quvvatlash, saylovchilarni roʻyxatga olish va ovoz berish jarayonlarini moddiy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, saylov komissiyalari xodimlarini eng yaxshi xalqaro amaliyotlar asosida oʻqitishni tavsiya qiladi.

Tashrif doirasida Markaziy saylov kommisiyasi vakillari, boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek, Fargʻona viloyatiga bir kunlik tashrif davomida shu tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati

22.07.2019 294