Yurak faoliyatidagi o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi belgilar

Agar sizda o‘ta semizlik, kamharakatlilik, tanovul vaqti ko‘p tuz iste’mol qilish holatlari kuzatilsa, bu  yurak faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni kelib chiqarishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelishiga asosan  jismoniy va emosional zo‘riqish sabab bo‘ladi. Aynan mana shu ta’sir sabab yurak kasalliklari xuruj qiladi. Yurak xastaliklariga quydagilarni misol sifatida keltirish mumkin:

-Sanchiqli og‘riq

-Achishuvchan og‘riq

-Ezib og‘ruvchi

-Simillagan og‘riq

Bundan tashqari, og‘riqlar nafaqat yurak sohasi, balki tananing boshqa a’zolarida ham sezilishi mumkin. Jumladan, bo‘yin sohasidagi simillab, cho‘ziluvchan turga mansub og‘riq asta-sekin chap yelka va qo‘llarga tarqaladi. Yurak to‘qimasining zararlangan asab tolalari orqa miyadan yuqori va pastga tarqalgan “signallar”ni yuboradi. O‘z navbatida, bunday o‘zgarishlar yelka va bo‘yin sohasida aks etadi. Mazkur og‘riq bir yerda to‘planmay, tarqalib ketishi mumkin. Shuningdek, holsizlik, kamquvvatlilik va ba’zan bosh aylanishi bezovta qilishi, nafas qisishi kuzatilsa, shifokorga ko‘rinish uchun yetarli bo‘ladi.

Qon aylanishining buzilishi kislorod ta’minotiga to‘sqinlik qiladi

Agar o‘z-o‘zidan nafas olish qiyinlashib qolsa, bu stenokardiyaning ilk belgilari bo‘lishi mumkin. Yurak faoliyati bilan bog‘liq nafas qisishini ajratish uchun og‘ir yuk ko‘tarish, ruhiy zo‘riqish holatlarida xuruj qilishiga e’tibor qiling. Biz yurak og‘riqlari asosan chap ko‘krak sohasida bo‘lishidan xabarimiz bor. Lekin ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, loxaslik va jig‘ildon qaynashi, tana bosimining ko‘tarilishi ham kasallikning erta belgilaridan bo‘lishi mumkin. Odatda bunday belgilar yurak xuruji, infarkt yoki miokarddan oldin kuzatiladi.

Tish og‘rig‘i ham kasallik alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin

Kutilmaganda tish og‘rig‘ining paydo bo‘lishi nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, balki yurak-qon tomir faoliyati bilan bog‘liq bezovtaliklarning belgisi bo‘lishi mumkin. Bazan tish og‘rig‘ini qancha davolatmang, og‘riq yana qaytalashi mumkin. Bunday vaqtda shifokorga ko‘rinish va og‘riq yurak bilan bog‘liqligi ehtimolini tekshirish lozim.

Qon bosimining o‘zgarish holatlari yurak-qon tomir faoliyati bilan bog‘liq

Bir oyda tez-tez takrorlanuvchi bosh og‘rig‘ining asab qo‘zg‘alishlari bilan yuzaga kelishi hamda qon bosimining o‘zgarishi holatlari yurak-qon tomir faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunda bosh og‘rig‘i tez-tez takrorlanib, ko‘z ostida yorug‘lik siniqlari aks etsa, albatta shifokorga uchrash zarur.

Yuqorida keltirib o‘tilgan kasallikni oldini olish uchun turmush tarzini yaxshi tarafga o‘zgartirish lozim. Buning uchun  hazmi og‘ir yog‘lar va tuz miqdorini kamaytirib, parhez taomlarga o‘tish hamda o‘troq turmush tarzidan cheklanish foydadan holi bo‘lmaydi. Shuningdek, bir kunda 3 km.dan 5 km.gacha piyoda yurish ham yurak-qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

12.12.2020 2506