MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning "4 kundan keyin saylovlar turibdi. Saylovlarda ham kim deputat bo‘ladi? Mana shu masalalarda o‘zini ko‘rsatgan odamlar deputat bo‘ladi" degan mazmundagi nutqi jamoatchilik tomonidan muxokamaga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur xolat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi shuni ma’lum qiladiki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audio yozuv Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning shaxsiy fikri bo‘lib, u yuridik asosga ega emas. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 3-moddasiga ko‘ra saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.

Kodeksning 4-moddasida saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir. Shundan ko‘rinib turibdiki, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan munosib nomzodlarni saylaydilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 37-moddasiga binoan, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.

Ta’kidlash joiz, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar ochiq va oshkora, xalqaro normalarga asoslangan xolda o‘tkaziladi.

Unutmaylik, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda munosib nomzodlarni Xalq saylaydi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasining
Xalqaro matbuot markazi

30.09.2019 447