2009-yil 29-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov

2009-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar boʻlib oʻtdi.

Markaziy saylov komissiyasi tekshirish yakunlariga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi qonunining 26-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga 517 nomzodni, shu jumladan, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 123, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 125, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 135, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan 134 nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 17 million 215 ming 700 fuqarodan 15 million 108 ming 950 nafar saylovchi ishtirok etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 87,8 foizni tashkil etdi.

Ovoz berishda barcha 135 ta saylov okrugida roʻyxatga kiritilgan saylovchilarning 33 foizidan ortigʻi ishtirok etdi va saylov qonunchiligiga muvofiq ularda saylov oʻtgan, deb hisoblanadi. Ovoz berish natijalariga koʻra, 96 ta saylov okrugida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylandi. Ularning 33 nafari - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan, 25 nafari - Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan, 22 nafari - Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan va 16 nafari - Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan. Saylangan 96 nafar deputatning 19 nafari ѐki 19,8 foizi xotin-qizlardir.

2009-yil 27-dekabrda boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra 135 ta saylov okruglaridan 39 tasida Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning birontasi ham saylanish uchun yetarli miqdorda ovoz toʻplay olmagan. 2010-yil 10-yanvarda takroriy ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Saylov qonunchiligiga binoan, takroriy ovoz berish 39 ta saylov okrugining har birida asosiy saylovda saylovchilarning eng koʻp ovozini olgan ikki nafar deputatlikka nomzod boʻyicha oʻtkazildi. Ushbu okruglarda saylovchilar roʻyxatiga familiyalari kiritilgan 4 million 969 ming 547 saylovchining 3 million 960 ming nafari ѐki 79,7 foizi takroriy ovoz berishda qatnashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi yakunlariga koʻra 150 nafar, mahalliy Kengashlarga 6124 nafar deputat saylandi. Shu jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 53 nafar, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan 32 nafar, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 31 nafar, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan 19 nafar deputat saylandi. 15 nafar deputat Oʻzbekiston Ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan 150 deputatning 33 nafari ѐki 22 foizi xotin-qizlardir. Saylangan deputatlarning 47 nafari ѐki 31,3 foizi ilgari Qonunchilik palatasi deputati boʻlgan. 

Oliy majlis Senatining 84 nafar aʼzosi 2010-yilning 20-22-yanvarida saylov qonunchiligiga toʻla mos holda yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 22-yanvardagi Farmoni bilan jamiyatimizning turli jabhalarida faoliyat koʻrsataѐtgan katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan yurtdoshlarimiz orasidan 16 nafari Senat aʼzosi etib tayinlandi.

Saylovda 36 davlat va toʻrtta xalqaro tashkilotdan 270 dan ziѐd kuzatuvchi ishtirok etdi. Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosidan - 13 nafar, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya Qoʻmitasidan - 84 nafar, Shanxay Hamkorlik Tashkilotidan - 5 nafar va Islom Konferensiyasi Tashkilotidan 7 nafar vakil qatnashdi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasiga saylovda oʻz nomzodlarini koʻrsatgan siѐsiy partiyalarning 30 ming nafardan ortiq kuzatuvchisi va 30 ming nafar vakolatli vakili ishtirok etdi.

Saylov jarayonlarini 500 dan ortiq mamlakatimiz va 200 dan ziѐd xorijiy ommaviy axborot vositalari ѐritib bordi.

29.12.2009 980