-
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123
O‘zbekiston delegasiyasining “Saylovlar jarayonlari texnologiyalari va saylovlar monitoringi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi ishtiroki doirasida 13 may kuni anjumanning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan ushbu forumda saylovlarni xalqaro kuzatish prinsiplari va standartlari, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, ijtimoiy tarmoqlar va mesendjerlarning saylov kampaniyasi davridagi o‘rniga doir masalalar muhokama qilindi.
13 may kuni Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasi tomonidan “Pandemiyadan so‘ng demokratiyani yanada mustahkamlash” shiori ostida Seul Xalqaro forumi o‘tkazildi. Onlayn shaklida o‘tgan anjumanda Butunjahon saylov organlari assosiasiyasiga (A-WEB) a’zo mamlakatlarning saylov organlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi vakillari ham ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi ishtirokchi-davlatlarining Demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro institutining 15 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
Bugun – 12 may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi ZOOMdasturi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yaqindagina nashrdan chiqqan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
7 may kuni Markaziy saylov komissiyasining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorlikdagi O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash loyihasining boshqaruv qo‘mitasining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
28 aprel - 6 may kunlari Davlat boshqaruvi akademiyasida saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar va saylov jarayoni boshqa tashkilotchilarining malakasini oshirishda mas’ul bo‘lgan respublika trenerlari hamda mas’ul shaxslar uchun seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Sherzod ALIMOVdan Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi hamda Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yilning 3 mayda Xalqaro matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan. Mazkur sana, butun dunyoda bo‘lgani kabi, mamlakatimizda ham nishonlanadi.
30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda bo‘lib turgan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston: saylov huquqining yangi kafolatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda mazkur Qo‘mita rahbarilari va mas’ul xodimlari, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari vakillari ishtirok etdi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi tsadiqlandi. O‘sha kuni yana bir hujjat - Markaziy saylov komissiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida mazkur Konsepsiyani amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv ham imzolandi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Matteo Mekachchi boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirish – Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi. Shu jihadan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi o‘z vaqtida qabul qilindi.
Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasida va uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan Kelishuvda “Bir saylovchi – bir ovoz” qoidasini amalda qo‘llashga e’tibor qaratilgan.
Saylov – davlat va jamiyat hayotida muhim siyosiy voqea. Davlatni rivojlantirish, xalq farovonligini muttasil yuksaltirishning muhim vosita va imkoniyatlaridan biridir. Gap ana shu ulkan imkoniyatdan samarali foydalanishda. Bu esa, avvalo, saylov tashkilotchilarining bilimi va ko‘nikmasining nechog‘lik yuksakligiga, ularning dilidagi xalq va Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usining mustahkamligiga ham bog‘liq.
Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqishda uchta muhim masalaga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasini tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda “VoteWatch Europe” analitik markazi vakillari ishtirokida “COVID-19 sharoitida saylovlar. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.