Yangiliklar
Gulmira Isimbayeva: O‘zbekistonda saylovlarga yuqori darajada hozirlik ko‘rilgan 2019-12-21

Oliy Majlis Senatida 21 dekabr kuni mamlakatimiz parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchisi, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Raisi o‘rinbosari Gulmira Isimbayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Buyuk Britaniya Parlamenti a’zosi Djon Grogan bilan uchrashuv 2019-12-21

2019 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekistonga saylovlarni kuzatish maqsadida kelgan Buyuk Britaniya Parlamenti Palatasi a’zosi Djon Grogan Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.

MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA) kuzatuvchilarning tashrifiga doir 2019-12-21

2019 yil 21 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasida  Rossiya Federasiyasi Federal Kengashi Raisining o‘rinbosari, MDH Parlamentlararo Assambleyasi (PA)ning kuzatuvchilari uzoq muddatli missiyasi rahbari  Ilyas Umaxanov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Georgiy Kvirikashvili: O‘zbekiston dunyoga yuz tutmoqda 2019-12-21

O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan YeTTBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi bo‘yicha maslahatchisi Georgiy KVIRIKASHVILI O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

Markaziy saylov komissiyasi eslatadi! 2019-12-21

“O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, “binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yilishi”ga oid majburiy talabni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Sergey LEBEDEV : Fuqarolarning erkin ovoz berishi uchun barcha shartlar yaratilganiga guvohmiz 2019-12-21

MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi rahbari, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi.

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI 2019-12-20

Joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Komissiya a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi bilan uchrashuv 2019-12-20

20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev O‘zbekistonda 2019-12-20

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— ijrochi kotibi Sergey Lebedev joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi eslatadi! 2019-12-20

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga muvofiq binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishdan bir kun qolganida olib qo‘yilishi majburiy hisoblanmaydi.

Siyosiy partiyalarning so‘nggi debati qizg‘in ruhda o‘tdi 2019-12-20

Siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlar tomonidan 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etish uchun qizg‘in saylovoldi tashviqoti o‘tkazildi.

Nurjan SHAYLDABEKOVA: Xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortmoqda 2019-12-20

Parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Saylovlar va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Nurjan SHAYLDABEKOVA O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

Ilyas UMAXANOV: Faqat kuzatuvchi emas, balki o‘zbek xalqi yonida hamqadam bo‘lishni niyat qilganmiz 2019-12-20

O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisining o‘rinbosari Ilyas UMAXANOV O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

Samarqandda 4075 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi 2019-12-20

O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 57-moddasiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.

Kerolin Lemm: Saylovlar kelajak maqsadlarni belgilashga yordam beruvchi vositadir 2019-12-20

O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm O‘zA muxbiriga intervyu berdi:

Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi kuzatuvchilari O‘zbekistonda 2019-12-20

20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markziy saylov komissiyasida Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bosh kotibi Altinbek Mamayusupov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kengash ekspertlari Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish jarayoni bo‘yicha kuzatuvni amalga oshiradi.

Saylov tizimlari xalqaro ekspert markazi prezidenti Aleksandr Sinker ishtirokida uchrashuv 2019-12-20

Mamlakatimizga joriy yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarida ishtirok etish uchun ko‘plab davlatlardan xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro tashkilotlar delegasiyalarining  tashrifi davom etmoqda.

Baxtiyor Tavar Xudoyorzoda: O‘zbekistondagi saylov qonunchiligi xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos keladi 2019-12-19

O‘zbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi saylovlar va referendumlar bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi raisi Baxtiyor Tavar XUDOYORZODA O‘zA muxbiriga intervyu berdi.

«Vesti» axborot dasturi xodimlari akkreditasiyadan o‘tkazildi 2019-12-19

Joriy yilning 19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Komissiya a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Omer Kojaman: Bu yilgi saylov O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqadi 2019-12-19

Joriy yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga turli davlatlardan xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro tashkilotlar delegasiyalari tashrif buyurmoqda.