-
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123
Gruziyada navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu safar saylov tizimi o‘zgardi. 120 nafar deputat proporsional, 30 nafari esa mojaritar ovoz berish usulida saylanadi. 2016 yilgi saylovlarda 77 deputat proporsional, 73 tasi mojaritar ovoz berish usulida saylangan edi.
Sport xodimlarni yaxshi ishlashga undaydi. Ayniqsa jamoa bo‘lib sport bilan shug‘ullanish sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi hamda xodimlarning salomatligi va kayfiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Xozirgi kunda barcha tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy himoyasi, qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyati va jismoniy salomatligiga alohida etibor bermoqda.
2020 yilning 20 oktyabrdan 28 oktyabrgacha Butunjahon saylov organlari assosiasiyasining (A-WEB) saylov boshqaruvi salohiyatini oshirish dasturi asosida "Ijtimoiy tarmoqlar va saylovlarni boshqarish organlari" mavzusida onlayn o‘quv kurslar tashkil etildi. Onlayn o‘quv kursi tashkilotchisi - Butunjahon saylov organlari assosiasiyasi (A-WEB) hisoblanadi.
Mamlakatimiz tarixida ilk bor parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha jarayonlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda, erkin va ochiq, saylov sohasidagi milliy qonunchilikka, xususan 2019 yilda qabul qilingan Yangi Saylov Kodeksiga muvofiq tarzda o‘tkazildi.
Shu yil 27 oktyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasi tomonidan saylov mavzusiga bag‘ishlangan onlayn xalqaro forum o‘tkazildi.
Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tashkilotlar va idoralararo ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Pop tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkiloti yer yuzida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan eng nufuzli xalqaro tuzilmadir. BMT a’zosi bo‘lgan har bir davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqaro shartnomalardan iborat BMT Nizomidagi majburiyatlarga rioya qiladi.
31 oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ularda 48 ta partiya va ikkita blok ishtirok etadi. Saylovlarda Gruziya fuqarolari 150 nafar deputatni saylaydi. Gruziyada birinchi marta saylovlar yangi aralash tizim bo‘yicha bo‘lib o‘tadi - 120 ta deputat proporsional, 30 nafari esa majoritar tizimiga ko‘ra saylanadi. Saylovoldi kampaniyasi joriy yilning 1 sentyabr kuni rasman boshlandi, saylovda qatnashish uchun 66 sub’yekt ro‘yxatdan o‘tkazildi
Qozog‘iston Prezidenti Kasыm-Jomart Tokayev respublika parlamentining quyi palatasi - Majlisga navbatdagi saylovlarni 2021 yil 10 yanvarda o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Shavkat Mirziyoyev «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
2020 yilning 1 noyabr kuni Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylovlar mamlakatda butun mustaqillik tarixidagi to‘rtinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentlik saylovlari bo‘ladi. Davlat rahbari mutlaq ko‘pchilikning ikki bosqichli timizi asosida saylanadi. Agar birinchi bosqichda biron bir nomzod 50 foizdan ortiq ovozni ololmasa, ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Bu yilgi prezidentlik saylovlarida ikkinchi bosqich tashkil etilsa u 15 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
2020 yil COVID-19 Pandemiyasi butun dunyoda barcha sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, saylov jarayonlari bilan bog‘liq munosabatlar ham bundan mustasno emas. Biroq, so‘nggi bir necha oy davomida, pandemiya sharoitiga qaramay saylov va referendumlarda ovoz berish jarayonlari ko‘plab mamlakatlarda bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 39-Qiziltepa saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Boriy Batirovich Alixanov hamda 82-Sho‘rchi saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Nariman Madjitovich Umarovlarning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Joriy yilning 18 oktyabr kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 3 ta okrugida, shahar va tumanlar Kengashlarining esa 8 ta okruglarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6,24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga xamda tuman va shahar Kengashlarining qarorlariga asosan Xalq deputatlari Zarafshon shahri, Navbahor, Konimex va Tomdi tumanlari Kengashiga bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov jarayoni boshlandi.
Bugun Markaziy saylov komissiyasida MSKning doimiy a’zosi Gulnoza Rahimovaga "MDH BPMKga 25 yil" esdalik yubiley medalini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.