-
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123
Istiqlol yillarida mamlakatimizda o‘z mohiyatiga ko‘ra noyob, turli darajadagi saylovlar xususiyati inobatga olingan saylov to‘g‘risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi. Saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlari aksariyat rivojlangan demokratik davlatlarda bo‘lgani singari saylovlardan saylovlargacha bo‘lgan davrlarda tobora takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda.
Joriy yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu barcha darajadagi saylov komissiyalarining zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Yangi O‘zbekiston keng ko‘lamli va dadil islohotlarni davom ettirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni faollashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, ilm-fanni rivojlantirishga qaratayotgan yuksak e’tibori bilan jahonga o‘zini tobora keng namoyon qilmoqda.
Ma’lumki, saylov jarayoni ko‘p bosqichli tashkiliy tayyorgarlikni talab qiladi. Saylovlarni qonuniylik, adolatlilik, xolislik prinsiplari asosida tashkil etish va o‘tkazishda saylov komissiyalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.
Avval xabar berilganidek, Markaziy saylov komissiyasi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda saylovchilarning yashash joyi bo‘yicha xatlovni amalga oshirish uchun o‘n to‘rt ma’muriy hudud va barcha tuman (shahar)da shtablar tashkil etildi.
Germaniya Federal Respublikasining saylovlar bo‘yicha federal vakili ofisi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi hamda mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi o‘rtasida videomuloqot o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 may kuni boshlangan saylov komissiyalari a’zolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilarining malaka va ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar Buxoro viloyatida ham izchil davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 may kuni boshlangan saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar izchil davom etmoqda.
25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bilan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston Karlar jamiyati va O‘zbekiston Nogironlar assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzolashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17 maydan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilimi va amaliy ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
2021 yilni oktyabr oyida mamlakatimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan joriy yilning 24 may kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari Prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
2021 yilning oktyabr oyida yurtimizda o‘tkaziladigan Prezident saylovi munosabati bilan joriy yilning 24-28 may kunlari YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxodjayev Toshkent va Sirdayo viloyatlarida bo‘lib, saylov komissiyalari a’zolarining malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilgan seminar-treninglardagi mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishdi.
Mamlakatimizning barcha hududlari - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda. 17 may kuni hududlarda boshlangan mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida olib borilmoqda.
Samarqand shahrida saylov jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirishni tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Saylovlar davrida ommaviy axborot vositalarining faolligi, haqqoniyligi va xolisligi saylovlarni umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida ochiq-oshkora o‘tkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Butun mamlakatimiz bo‘ylab - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 17-29 may kunlari o‘tkazish mo‘ljallangan hududiy trenerlar va saylov tashkilotchilarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning navbatdagi bosqichi boshlandi.
Bugun, 17 may kuni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida hududiy trenerlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
15 - may kuni Sankt-Peterburgda MDH PA Kotibiyati tomonidan tashkil etilgan “Saylovlar jarayonlari texnologiyalari va saylovlar monitoringi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi Z. Nizamxodjayev Moldova Respublikasi MSK Raisi D. Chimil bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev “Saylovlar jarayonlari texnologiyalari va saylovlar monitoringi” mavzusida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy bilan ana shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi.