Yangiliklar
Saylov kodeksiga sharh yozish chora-tadbirlari boshlandi 2020-12-11

Xabaringiz bor, 2019 yilda saylovga oid mavjud beshta qonun va o‘nlab qonunosti hujjatlarini o‘zida jamlagan yaxlit va yagona Saylov kodeksining qabul qilinishi saylov amaliyotini yanada yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun muhim huquqiy zamin yaratdi.

Islohotlarni baholash bo‘yicha II Xalqaro reytinglar forumi 2020-12-11

Joriy yilning 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida “O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni baholash” mavzusidagi II Xalqaro reytinglar forumi tashkil etildi.

KONSTITUSIYa BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 2020-12-07

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan Sizlarni muborak ayyom – O‘zbekiston Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Qozog‘istonda Parlament Majlisiga saylovlar 2021 yilning 10-11 yanvarida bo‘lib o‘tadi 2020-12-07

2021 yil 10 yanvar kuni proporsional saylov tizimi orqali siyosiy partiyalar taqdim etgan ro‘yxat bo‘yicha saylanuvchi Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputatlarining navbatdagi saylovlari bo‘lib o‘tadi. Qozog‘iston Xalq Assambleyasi tomonidan saylanadigan Parlament deputatlarining navbatdagi saylovlari 11 yanvar kuni o‘tkazish belgilangan.

Ruminiya: parlament saylovlarining dastlabki natijalari 2020-12-07

Joriy yilning 6 dekabr kuni Ruminiyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritilgan 18 million fuqaro 136 senator va 329 nafar deputatni sayladi.

Reuters nashrining xabar berishicha koronavirusning ayrim asoratlari fanga ma’lum bo‘lmoqda 2020-12-05

COVID-19 bilan kasallangan har beshta bemordan bittasida ruhiy xastalik holatlari aniqlanmoqda

Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari 2020-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Xalmuxammed Aitjanovich  Paluaniyazov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-04

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Avazbek Azimovich Kodirov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Moddiy texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i  etib tayinlandi.

Qirg‘izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi 2020-12-04

2021 yil 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra,  nomzodlar saylovoldi tashviqotini 15 dekabrdan boshlashlari mumkin bo‘ladi.

KONSTITUSIYA BERGAN IMKONIYAT: BUYUK YUKSALISH 2020-12-02

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘lami keng, shiddati baland, natijadorligi yuksak demokratik o‘zgarishlarni ko‘rib, bularning barchasi xalqimiz manfaatlarini izchillik bilan ta’minlash, Vatanimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish yo‘lida uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona siyosatning hayotdagi samaralari ekaniga har qanday kishi amin bo‘ladi.

Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Ixtiyor Baxtiyorovich Xadjiyev Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Yuridik ta’minlash va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.  

Devonxona bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Shahnoza Yulchiboyevna Shokirova Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Devonxona bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Farhod Anvarovich Nasriddinov Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori etib tayinlandi. 

Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘zgardi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Jamolitdin Yavmitdinovich Faxrutdinov Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati tashkiliy-nazorat bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining farmoyishiga binoan Hasan Odilovich Abdurahmonov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining rahbari etib tayinlandi. 

Faoliyatga tahliliy nazar 2020-12-01

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov boshchiligidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 

Andijonda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda 2020-11-29

Bugun 29 noyabr kuni Andijon viloyatidagi Xalq deputatlari Xonobod shahar Kengashining 3-Askar hamda Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining 17-Markaz saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shu kuning o‘zida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 16-okrugi 114-saylov uchaskasida ham bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda 2020-11-29

Shu kuning o‘zida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi 16-okrugi 114-saylov uchaskasida ham  bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda 2020-11-29

O‘zbekistonda karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar o‘tkazilmoqda.

Saylovlarda zamonaviy elektron tizimlardan samarali foydalanishga doir xalqaro yondashuv 2020-11-27

Ma’lumki saylovlarda zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash  saylovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bilan birgalikda, saylov komissiyalari ishini ham osonlashtiradi. Bu borada Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYAER) va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini (SJBAT) yanada takomillashtirish  orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarini elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishini taqozo etadi.