Yangiliklar
Emomali Rahmon 90,92 foiz ovoz to‘plab, Tojikiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi 2020-10-12

Joriy yilning 12 oktyabr kuni Tojikistonning Saylov va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasi tomonidan xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar hamda OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Komissiya raisi Baxtiyor Xudoyorzoda 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Marg‘ilonliklar ham saylovlarda ishtirok etishmoqda 2020-10-11

Bugun shuningdek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 4-Do‘stlik hamda 23-Yovqochar saylov okruglaridagi mavjud 650, 651 hamda 618-saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qo‘qon shahridagi 2 ta saylov okrugida shahar Kengashi deputatlari saylovi o‘tkazilmoqda 2020-10-11

Bugun O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddasi, Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qarori, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining tegishli qaroriga asosan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga 10-"Isfara guzar" va 19-"Saodat" saylov okruglarida deputatlar saylovi o‘tkazilmoqda.

Tojikistonda prezident saylovlari boshlandi 2020-10-11

Joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 6:00 da Tojikistonda prezident saylovlari boshlandi.

Farg‘ona viloyatida ham saylovlar o‘tkazilmoqda 2020-10-11

Joriy yilning 11 oktyabr  kuni Farg‘ona viloyatida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun saylovlar  o‘tkazilmoqda.

Andijon viloyatida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar boshlandi 2020-10-11

Joriy yilning 11 oktyabr kuni Andijon viloyatida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar boshlandi.

Tojikistondagi saylovlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegasiya ham kuzatib bormoqda 2020-10-10

Avval xabar berganimizdek, 2020 yil 11 oktyabrda Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.  Saylovlarda 150 dan ziyoz xalqaro kuzatuvchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Oliy Majlis Senati a’zolari saylandi 2020-10-09

Markaziy saylov komissiyasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi  qaroriga muvofiq  2020 yil 9 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi  bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyatida ham bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi 2020-10-08

Joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroriga asosan Andijon viloyatida ham Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga  saylovlar bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan mazkur saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida viloyatda kizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan seminar tashkil etildi 2020-10-08

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli qaroridan kelib chiqqan holda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi.

Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi 2020-10-08

2020 yil 11 oktyabrda Tojikistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Tojikiston saylov qonunchiligiga ko‘ra, Prezident yashirin ovoz berish yo‘li bilan 7 yilga saylanadi. Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning 50 foizdan ortig‘i ovoz berish jarayonlarida ishtirok etsa, saylov natijalari haqiqiy deb topiladi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston MSK raislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi 2020-10-05

2020 yil 3 oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Saylov va referendumlarni o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyasining raisi N. Shayldabekova  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi M. Abdusalomov shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi X.Mirzaxidov bilan uchrashdi.

MDH kuzatuvchilari missiyasi - O‘shda 2020-10-04

Besh yilda bir tashkil etiladigan siyosiy jarayonda 120 deputatlik o‘rniga bu gal 16 ta partiya kurashmoqda. Saylovda MDH mamlakatlari missiyasi tarkibida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 28 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Shu jumladan, Andijon viloyatidan 8 nafar kuzatuvchi O‘sh viloyatidagi saylov uchastkalarida bo‘lishdi.

Samarqand viloyatida deputatlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda 2020-10-04

Joriy yilning 4 oktyabr kuni -  Samarqand viloyatida COVID-19 pandemiyasi davrida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar o‘tkazilmoqda.

Xonqaliklar ham deputatlik saylovlarida ishtirok etishmoqda 2020-10-04

2020 yil 4 oktyabr kuni Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashidagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlari davom etmoqda 2020-10-04

Bugun, 4 oktyabr kuni soat 8:00 dan Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining bo‘shab qolgan “4-Amir Temir”, “20-Yangiobod”, “22-Yangiyer”, “30-Abduxoliq Gʻijduvoniy” saylov okruglarida saylov jarayonlari boshlandi.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati va tuman Kengashlariga bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylovlar o‘tkazilmoqda 2020-10-04

19-Haqiqat saylov okrugi hududida jami 9 ta saylov uchastkalari mavjud bo‘lib, 9031 nafar saylovchilar ro‘yxatga olingan. Saylovni adolatli va shaffof, shuningdek, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda 2020-10-04

Xabar qilinganidek, bugun - 4 oktyabr (yakshanba) kuni saylov okruglarida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlik o‘rinlariga ovoz berish jarayonlari o‘tkazilmoqda.