-
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123 -
Lorem ipsum dolor sit amet, con-sectetur adipisicing elit
01.09.2019
123

Joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ommaviy axborot vositalari orqali yoritishni sifatli va tezkor tashkil etishda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmatining o‘rni katta.
Shu bois Markaziy saylov komissiyasi va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMT TD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Saylov jarayonlarini OAV orqali samarali yoritish” mavzuida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi. Unda Markaziy saylov komissiyasi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir maqsadi – milliy ommaviy axborot vositalarining PR va media materiallari sifatini oshirishga, bo‘lajak prezident saylovlarini keng yoritishga ko‘maklashishdan iborat.
Trening slovakiyalik fasilitator Ivan Godarskiy, tajribali trenerlar Beruniy Alimov hamda Gulmira Shukurovalar tomonidan olib borildi.
Seminarning birinchi kunida “Saylov kampaniyasining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda saylov komissiyasi Matbuot xizmatlarining roli va ularning OAV bilan hamkorligi”, “Saylov jarayonlarini OAV orqali yoritishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” kabi mavzular ishtirokchilarning muhokama markazida bo‘ldi.
Slovakiyalik ekspert Ivan Godarskiy saylov jarayonlarini OAV orqali yoritishda MSK Matbuot xizmatining roli, jamoatchilik bilan aloqalar hamda jurnalistlar bilan hamkorlik qilishda xalqaro tajribani qo‘llash amaliyoti haqida so‘z yuritdi.
Seminarning ikkinchi qismida ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda saylovlarni yoritishda OAVda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini amaliy mashg‘ulotlar yordamida ko‘rib chiqdilar. Mashg‘ulotlar so‘ngida aniqlangan muammo va ularni bartaraf etish yuzasidan bildirilgan takliflar umumlashtirildi. Trenerlar tomonidan qayd etilganidek, OAV vakillari o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi, jurnalistlarning kasbga oid odob-axloq qoidalariga rioya etishi muhim sanaladi. Bu borada Markaziy saylov komissiyasining Matbuot xizmatidan jurnalistlarni to‘g‘ri va kerakli ma’lumot bilan ta’minlashda tezkorlik talab etiladi.
O‘quv mashg‘ulotining ikkinchi kunida saylovlar davrida PR texnologiyalardan foydalanish, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatlardan chiqib ketish yo‘llari, saylovlarni yoritishda jurnalist etikasi kabi mavzularda maruzalar tinglandi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini yorituvchi jurnalistlar uchun ham onlayn treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati