Yangiliklar
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI 2019-12-03

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining saylovga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida chet davlatlarda ochilgan saylov uchastkalari faoliyatini saylov qonunchiligi talablariga binoan tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashuv 2019-12-02

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovini kuzatish va monitoring qilish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDHning Parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilari 2019-yilning 2-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Rahbarlari bilan uchrashdi.

MDH kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga keldi 2019-11-26

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) Ijroiya qo‘mitasi uzoq muddatli kuzatuvchilar missiyasi o‘z ishini boshladi.

Koreyada istiqomat qilayotgan 2000 nafarga yaqin fuqarolarimiz saylovlarda ishtirok etishi kutilmoqda 2019-11-26

Joriy yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonga YeXHT DIIHBning saylov jarayonlarini kuzatish buyicha to‘laqonli missiyasi tashrif buyurdi 2019-11-25

2019-yilning 23-noyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) saylov jarayonlarini kuzatish buyicha to‘laqonli missiyasi joriy yil 22-dekabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.

O‘zbekistonga YeXHT DIIHBning saylov jarayonlarini kuzatish buyicha to‘laqonli missiyasi tashrif buyurdi 2019-11-23

2019-yilning 23-noyabridan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining saylov jarayonlarini kuzatish buyicha to‘laqonli missiyasi ish boshlashni rejalashtirmoqda.

Andijonda yagona elektron ro‘yxatlaridan foydalanish maqsadida 1 ming 654 nafar operator tanlab olindi 2019-11-22

Andijonda yagona elektron ro‘yxatlaridan foydalanish maqsadida 1 ming 654 nafar operator tanlab olindi

“Yosh saylovchi 2019” forumi jizzaxlik yoshlar nigohida 2019-11-15

Joriy yilning 14-noyabr kuni Jizzax viloyati “Yoshlar innovatsion markazi”da “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida “Yosh saylovchi 2019” yoshlar forumi o‘tkazildi.

BELARUSDAGI SAYLOVLARNI O‘ZBEKISTON VAKILLARI HAM KUZATIB BORADI 2019-11-15

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Vakillik palatasiga shu yil 17-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda O‘zbekiston Respublikasi vakillari xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 2019-11-15

15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi haqida 2019-11-12

2019-yilning 12-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining a’zolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida saylovlarga tayyorgarlik ishlari qizg‘in kechmoqda 2019-11-11

2019-yilning 22-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak saylovlarni o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari tobora qizg‘in kechmoqda. Saylovda ishtirok etish har bir inson hayotidagi eng mas’uliyatli davr hisoblanadi. Axir, har bir fuqaro ovozi mamlakat taqdiri va uning ertangi taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir. Bu yilgi saylovlar O‘zbekistonda mutlaqo yangi sharoitda o‘tkaziladi. Shu kunlarda Vatanimizning barcha hududlarida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ushbu siyosiy kampaniyaga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad saylov qonunchiligidagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

"Adolat" SDP va O‘zLiDeP nomzodlarning ro‘yxatini taqdim etdi 2019-11-09

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 72-moddasiga muvofiq joriy yilning 9 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston "Adolat" SDP partiyasining rahbari va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etdi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” DP hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodlarning ro‘yxatini taqdim etdi 2019-11-08

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 72-moddasiga muvofiq joriy yilning 8-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasining rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodlarning ro‘yxatini taqdim etdi 2019-11-07

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 72-moddasiga muvofiq joriy yilning 7-noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyaning rahbari Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etdi.

Harbiy qismlardagi saylov uchastkalari kim tomonidan tuziladi? 2019-11-06

"Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi toifalangan ob’ektlarini qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda "Saylov kodeksining mazmun mohiyati va xarbiy xizmatchilarning saylov huquqlari kafolatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.

Markaziy saylov komissiyasi saylovlarda fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi 2019-11-04

Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) O‘zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, demokratiyani qaror toptirishda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda juda muhim bunyodkorlik rolini o‘ynaydi. Shunday ekan, bu yilgi saylovlar jarayonida nafaqat siyosiy partiyalar va mas’ul davlat organlarining vakillari, balki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ham bevosita faol ishtirok etishlari hamda jamoatchilik nazorati huquqidan samarali foydalanishlari uchun normativ-huquqiy asoslar yaratildi.

YOSHLARNING SAYLOV JARAYONIDAGI FAOLLIGINI OSHIRISH – DOLZARB VAZIFA 2019-10-28

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida “Yosh_saylovchi” loyihasi doirasida saylovlar jarayonida yoshlar ishtirokini kengaytirish va faolligini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening boshlandi.

MSKning yangi talqindagi sayti ishga tushdi 2019-10-25

Joriy yilning 25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda MSK aʼzolari, OАV va siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etdi.